Yangiliklar

TATU talabalari xalqaro almashinuv dasturida faol ishtirok etdilar

Menu | 28-04-2026 | 14:42

2026-yil 21–22-aprel kunlari Tailanddagi Walailak University Informatika maktabida o‘tkazilgan TUIT Exchange Program doirasida TATU talabalari faol qatnashdilar.

“Elektronika va sxemalar” fan Olimpiadasi universitet talabalari o‘rtasida 2026-yilning 5-may kuni Elektronika va radiotexnika kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda!

Menu | 28-04-2026 | 14:30

Ushbu fan olimpiadasi ishtirokchilarga o‘z yangi g‘oyalari va ishlanmalarini sinovdan o‘tkazish, tajriba orttirish hamda iqtidorli, ilmga chanqoq talabalarni rag‘batlantirish imkonini yaratadi.

KOICA AT ta’lim ekotizimini rivojlantirish uchun 14 million AQSh dollari grant ajratdi

Menu | 27-04-2026 | 09:19

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan umumiy qiymati 14 million AQSh dollariga teng “O‘zbekistonda AT ta’lim ekotizimini takomillashtirish orqali yoshlarning bandlik va tadbirkorlik salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshiriladi.

TATU vakillari Tojikistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Menu | 25-04-2026 | 15:57

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Tojikiston Respublikasining Kulyab shahrida joylashgan Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar universitetida tashkil etilgan “Ta’limda raqamli tizimlarni joriy etish: innovatsiya va sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro reytingdagi natijasi yaxshilandi!

Menu | 24-04-2026 | 18:08

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Times Higher Education (THE) Asia University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Osiyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida 601–800-o‘rinlar guruhidan joy oldi.

Joriy yil 21-aprel kuni TATUda “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy-texnik kompetensiyalar markazi va o‘zaro ta’sirlar” MChJ bosh direktori Nijgorodov Anton Olegovich ishtirokida seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Menu | 23-04-2026 | 14:01

Seminar davomida raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy laboratoriya jihozlarining ahamiyati hamda tadqiqot tarmoqlarini yaratish muammolari atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, innovatsion laboratoriyalarni joriy etish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirishga doir takliflar ilgari sur