


🏆TATU talabalari — Cyberkent 4.0 sovrindorlari!
5–6-oktyabr kunlari Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan “Cyberkent 4.0” musobaqasida universitetimiz talabalari va jamoalari yuqori natijalarga erishdi.
🔵Blue Team yo‘nalishining final bosqichida jami 10 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Talabamiz Rashidov Adhamjon ishtirokidagi Shaptoli jamoasi 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
🔴Red Team yo‘nalishining final bosqichida TUIT_BlackChain jamoasi munosib ishtirok etdi.
🔴CTF Master yo‘nalishining Respublika bosqichida 118 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥉P3NGU1N5 jamoasi — 3-o‘rin va 6 million so‘m pul mukofoti;
🏅OBLIVION jamoasi — 5-o‘rin va 2 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
🎯Musobaqa Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi.
🎓Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik sohasida zamonaviy bilim, yuqori professional kompetensiya hamda amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.
⚡️Universitet jamoasi barcha g‘olib va sovrindorlarni, musobaqa ishtirokchilari hamda ularning ustozlarini erishilgan natijalar bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!