“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasiga start berildi!

  • Asosiy
  • “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasiga start berildi!





“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasiga start berildi!

📌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari 5–6-oktabr kunlari Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilayotgan Cyberkent 4.0 kiberxavfsizlik musobaqasi hamda CSS 2026 xalqaro sammitida keng tarkib bilan ishtirok etmoqda!

800 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan mazkur yirik maydonda TATU iqtidorlari dasturning barcha 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazmoqda:

🔴Hujumchi jamoa (Red Team) — tizimlarga kirib borish va zaifliklarni aniqlash;

🔵Himoyachi jamoa (Blue Team) — infratuzilmani himoyalash va kiberhujumlarni qaytarish;

🧩Ochiq topshiriqlar (3 yo‘nalish bo‘yicha) — nostandart muammolarga amaliy yechim topish;

🧠“Cyberquiz” viktorinasi — kiberxavfsizlikka oid intellektual salohiyat sinovi;

🟪Bug Bounty — real tizimlardagi xatolik va bo‘shliqlarni aniqlash;

🎯Cybermergan — tezkor va aniq texnik ko‘nikmalar bahsi;

💬Cyber muloqot — soha ekspertlari bilan professional muhokamalar va fikr almashinuvi.

Shu bilan bir qatorda, sammit doirasidagi ko‘rgazmada TATU o‘zining zamonaviy ta’lim dasturlari va innovatsion ishlanmalari bilan faol qatnashib, axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash salohiyatini namoyish qilmoqda.

Kiber-jang maydonining barcha jabhalarida munosib qatnashayotgan talabalarimizga mutlaq g‘alaba tilaymiz! 🏆