TATU professori dunyoning TOP-2% olimlari qatoridan joy oldi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professori Danish Ather 2026-yilda dunyoning eng nufuzli TOP-2% olimlari qatoridan joy oldi.
Mazkur natija Stanford University va Elsevier tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi ilmiy reytingda qayd etilgan. Ma’lumotlar bazasining 9-versiyasi 2026-yil 7-oktabrda e’lon qilingan bo‘lib, u 2026-yil 1-avgust holatidagi Scopus ma’lumotlari hamda 2025-yilda olingan iqtiboslar asosida shakllantirilgan.
📊 Asosiy natijalar:
✅ Ilmiy yo‘nalish: Sun’iy intellekt va tasvirlarni qayta ishlash (Artificial Intelligence & Image Processing)
✅ Yo‘nalish bo‘yicha reyting: 517 648 nafar tadqiqotchi orasida 3 956-o‘rin
✅ Natija: TOP-0,76%
✅ Global reyting: kompozit c-score bo‘yicha 87 698-o‘rin
✅ 2025-yildagi iqtiboslar: 852 ta
✅ h-indeks: 17
✅ Fan sohasi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
🌐 TATU jamoasi nomidan professor Danish Atherni ushbu yuksak ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
Ushbu yutuq professorning sun’iy intellekt va tasvirlarni qayta ishlash sohasidagi ilmiy faoliyatining xalqaro e’tirofi bo‘lib, TATU va O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etishga xizmat qiladi. 🇺🇿
📎 Manba: