Yangiliklar

TATU “O‘zbekkosmos” Agentligi bilan hamkorlikda "Kompyuter injiniringi" hamda "Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishining kosmos, geoaxborot texnologiyalari va robototexnika sohalariga qiziquvchi talabalari bilan “CanSat” loyihasidagi mini sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish jarayonlari yakunlanib, test rejimida uchirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Menu | 28-01-2025 | 09:11

Shu munosabat bilan mazkur loyihaning Respublika tanloviga tayyorgarlik ko'rish va "CanSat" modullarini sinovdan o‘tkazish va uchirish uchun tashkil etilayotgan do'stona musobaqada qatnashish maqsadida barchangizni aerodromga taklif etamiz!

Joriy yilning 23-yanvar kuni Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yil tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab bergan edilar.

Menu | 27-01-2025 | 09:10

Mazkur topshiriqlar yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yilda amalga oshiriladigan istiqbolli chora-tadbirlarni belgilash, Universitetni kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirigi mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda ishlar amalga oshirilmoqda.

TATU fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Menu | 25-01-2025 | 12:02

Joriy yilning 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni: Kelajakka qadam qo‘ying!

Menu | 24-01-2025 | 10:06

Ta’lim inson hayotini yaxshilash, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va global muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ushbu kun dunyo bo‘ylab har bir inson uchun bilim olish imkoniyatini kengaytirish va ta’limning hayotimizdagi ahamiyatini yodga olish uchun nishonlanadi. Bugungi kunda har qanday muvaffaqiyatli jamiyatning poydevori sifatida ta’lim jamiyatni birlashtiruvchi kuchga ega.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan 21-yanvar kuni “Jadidlar va Behbudiy merosini oʻrganishdagi yangi yondashuvlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Menu | 22-01-2025 | 14:55

Anjuman doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov "Jadidlar va jadidchilik ilmini o‘rganish hamda targ‘ib qilishdagi faoliyati uchun" oltin statuetka bilan taqdirlandi.