Bugun TATUda nufuzli mehmonlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Selçuk Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya universitetimiz bilan hamkorlik aloqalarini yangilash, ilmiy va innovatsion loyihalarni rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi.
🗣Tashrif davomida mehmonlar universitetning ilmiy-texnik bazasi, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar hamda zamonaviy laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasidagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarda hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek kiberxavfsizlik yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
🤝Uchrashuv so‘ngida akademik kadrlar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
🚫Ma’lumot uchun: Selçuk Universiteti — tarixiy Konya shahrida joylashgan eng yirik universitetlardan biri bo‘lib, 45 dan ortiq tadqiqot va qo‘llanma markazlari, 341 ta laboratoriyasi, Konya Teknopark va inkubator markazlariga ega. Universitet muhandislik, arxitektura, tibbiyot, iqtisod, huquq va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.






