2025-yil 14-noyabr kuni TATUda Kriptologiya bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi 27 ta oliy ta’lim muassasasidan 70 dan ortiq talabalar ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

  • Asosiy
  • 2025-yil 14-noyabr kuni TATUda Kriptologiya bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi 27 ta oliy ta’lim muassasasidan 70 dan ortiq talabalar ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

2025-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi 27 ta oliy ta’lim muassasasidan 70 dan ortiq talabalar ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Fuqorolik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida g‘oliblar:
🥇Ubaydullayev Dilshod Feruzovich (TATU);
🥈 Mamirov Rahmonjon Rahimjon o‘g‘li (TATU);
🥉 Saidova Sevara Sobirjon qizi (BuxDTU).

Harbiy va harbiylashtirilgan OTMlar o‘rtasida g‘oliblar:
🥇 Ravshanov Sardor Shuxrat o‘g‘li (TATU huzuridagi RTATM);
🥈 Alloyorov Yusuf Shobdulla o‘g‘li (TATU huzuridagi RTATM);
🥉 Azizov Diyorbek Ural o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi AKTAHI).

💸 G‘oliblarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-, 2-, 3-darajali diplomlari, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.

💬Mukofotlar va imtiyozlar:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga asosan:
⏺ 1-o‘rin — 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% qo‘shimcha;
⏺ 2-o‘rin — 5 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% qo‘shimcha;
⏺ 3-o‘rin — 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% qo‘shimcha.

🚫Shuningdek, g‘oliblar magistraturaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya etiladi.

🔝Fuqorolik OTMlar jamoalari reytingi:
1-o‘rin: TATU;
2-o‘rin: BuxDTU;
3-o‘rin: TATU Samarqand filiali.

🔝Harbiy OTMlar jamoalari reytingi:
1-o‘rin: TATU huzuridagi RTATM;
2-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi AKTAHI.