TATU professori Women in Tech Global Awards 2025 finalisti!

  • Asosiy
  • TATU professori Women in Tech Global Awards 2025 finalisti!

Joriy yilning 11–15 noyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida ayollar texnologiya sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri — “Woman in Tech CCA Awards”ning yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Ushbu yirik texnologik mukofotning Women In Tech global dasturining Kavkaz va O‘rta Osiyo mintaqasi bo‘yicha “Lifetime Achievement” nominatsiyasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion va media texnologiyalari” kafedrasi professori, t.f.d., prof. Beknazarova Saida Safibullayevna g‘olib va finalist sifatida ishtirok etdi.

ℹ️ Ma’lumot uchun:

“Women in Tech” — 2017-yilda tashkil etilgan, ayollarning texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan global dastur bo‘lib:
⏺ Dastur hozirda 56 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan
⏺ 250 mingdan ziyod ishtirokchilarni birlashtirgan
⏺ Bosh ofisi Fransiyada joylashgan


✅Women in Tech tashkilotining maqsadi:
Ayollarni STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) yo‘nalishlarida faol bo‘lishga undash, ularga professional rivojlanish uchun zarur imkoniyatlar, bilim va resurslarni taqdim etishdir.

🗣Woman in Tech CCA Awards
Bu mukofot texnologiya va innovatsiya sohalarida ulkan hissa qo‘shgan, ilhomlantiruvchi tarixga ega ayollarni e’tirof etadigan nufuzli xalqaro mukofot hisoblanadi.

💬Mazkur mukofot:
– ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi
– ularning texnologik sohadagi ishtirokini kengaytiradi
– innovator ayollarning muvaffaqiyatlarini keng jamoatchilikka tanitadi.

🎉TATU professori Beknazarova Saida Safibullayevna ustozni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

3