- Ilmiy faoliyat
- IT va TTM
- Inkubatsiya markazi
- Ilmiy Laboratoriyalar
- Ilmiy dasturlar
- Xo‘jalik shartnomalari
- Startap loyihalar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi
Fundamental, amaliy, innovatsion va startap ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etish (professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash), reja tuzish va amalga oshirish. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, ularda yosh olimlarning ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal qilish.
Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni (safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish) rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish.
Iqtidorli yoshlar o‘rtasida startap va innovatsion loyihalar tanlovini tashkil etish, talabalarning o‘ziga xos ilmiy-texnik g‘oyalarni hayotga tatbiq etuvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish.
Universitetning ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.
Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish.
Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi faoliyati bilan https://science.tuit.uz/ sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108
TATU (E blok)
Telefon: (0 371) 238 64 39