Ilmiy faoliyat

 

 “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida “TUIT INCUBATION CENTER” markazi 2022-yilning 6-mayda taşkil etilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati ilğor startap ğoyalar va innovatsion işlarni monitoring qiliş, tanlaş hamda inkubatsiya qiliş, dasturiy mahsulot yaratiş va amaliyotga tadbiq etiş kabi vazifalarini bajaradi. Universitetda faoliyati boşlangan markazda kovorking, Dizayn, robototexnika, dasturçilar uçun maxsus bölimlarda talabalar öz ilmiy ğoyalarini amalga oşiriş uçun iş olib borçoqdi. Inkubatsiya markazida talabalar uçun ilmiy-texnik ğoyalarni amalga oşiruvçi kiçik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat körsatişi uçun qulay şart-şaroitlar yarib berilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati boşlagandan buyon korxona va taşkilotlar bilan Memorandumlar imzolaş, Talalabarning loyihalarini xorijiy va mahalliy investorlarga taqdimotlari taşkil etiş ustida iş olib bormoqda.

Hozirda talabalarning ilmiy-texnik muammolarining yeçimiga yönaltirilgan ilğor va innovatsion işlanmalar, texnologik loyiha va startap loyihalar bazasini şakllantiriş böyiça universitet talabalari bilan hamkorlikda loyihalar şakllantirilmoqda. Ju jumladan bir neça mahalliy korxonalarining dasturiy ta’minotlarini işlab çiqiş ustida iş olib bormoqda. Talabalarning bitiruv malakaviy işlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini uşbu ilmiy muammolariga yönaltiriliş va startap loyiha tarzida amaliyotga tadbiq etiş işlari amalga oşirilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “TUIT INCUBATION CENTER” universitetda IT sohasidagi loyihalarni tayyorlaş va rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, yoşlar uçun dasturlaşga oid sohalarda talab etiladigan innovatsion yeçimlarni amalda tadbiq qilişga imkon yaratiş maqsadida yoşlar startap-loyihalarini rivojlantiriş uçun xizmat qiliş asosiy faoliyat yönalişidir.

Hozirgi kunda “TUIT INCUBATION CENTER” inkubatsiya markazida faoliyat olib borayotgan talabalar bilan birgalikda quyidagi yutuqlarga erişildi:

-     2024-yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida jamğarmasi 1,2 mlrd. sömni taşkil “TUIT bright future week” haftaligi doirasida taşkil etilgan “UNICORN” startaplar tanlovida umumiy miqdori 110 mln. sömni taşkil etgan 3ta startap loyiha markazning jamoalari tomonidan qölga kiritildi.

-     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oşirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini taşkil etiş” grant loyihasi doirasida startap loyihalar tanlovida $2300 ni taşkil etgan 3ta startap loyiha amalga oşirildi.

-      Bundan taşqari “Incubation center” markazida faoliyat olib borayotgan talabalar tomonidan Aloqaventures kompaniyasi tomonidan $50 000 ga baholangan “Uzworks” loyihasi, Al-Farabi Innovation Hub bilan birgalikdagi Demo Day Elm startap loyihalar tanloviga qiymati $180 000 ni ni taşkil etgan “ArtPro” loyihasi, China International College Students’ Innovation Competition 2024 (CICSIC) startap loyihalar tanloviga hamda Startup Selection for WebSummit 2024 startap loyihalar tanloviga “High gas protection” loyihasi iştirok etiş uçun yuborildi, universitetning talabalar turar joyi uçun “TTJ” tizimi işlab çiqildi.

Markaz qoşida "TUIT Incubation Center" inkubatsion markaz taşkil etilgan. Uşbu inkubatsion markaz talabaalr uçun 7/24 rejimda oçiq hamda startap loyihalarni amalga oşirişga yordamlaşadi.

 

“TUIT INCUBATION CENTER” faoliyati bilan https://science.tuit.uz/ sayti orqali tanişişingiz mumkin. 

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:19