- Ilmiy faoliyat
- IT va TTM
- Inkubatsiya markazi
- Ilmiy Laboratoriyalar
- Ilmiy dasturlar
- Xo‘jalik shartnomalari
- Startap loyihalar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi
- Fundamental, amaliy, innovatsion va startap ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etish (professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash), reja tuzish va amalga oshirish. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, ularda yosh olimlarning ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal qilish.
- Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni (safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish) rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish.
- Iqtidorli yoshlar o‘rtasida startap va innovatsion loyihalar tanlovini tashkil etish, talabalarning o‘ziga xos ilmiy-texnik g‘oyalarni hayotga tatbiq etuvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish.
- Universitetning ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish. Ushbu yoʻnalish boʻyicha tijoratlashtiriladigan loyihalar hamda ishlanmalar haqida ma’lumot quyidagi havolada keltirilgan (science.tuit.uz).
- Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish. O‘tkaziladigan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada keltirilgan (conference.tuit.uz).
Davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshiriladi va tanlov shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.
Soʻnggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot loyihalari haqida umumiy ma’lumotlar:
- So‘nggi 3 yilda umumiy hajmi 4,9 mlrd.so‘mlik 3 ta fundamental, 9,15 mlrd.so‘mlik 10 ta amaliy, 9,82 mlrd.so‘mlik – 12 ta innovatsion, 1,46 mlrd.so‘mlik – 2 ta qo ’shma xalqaro ilmiy loyihalar ustida tadqiqotlar olib borilgan. 5,0 mlrd.so‘mdan ortiq 42 ta xo‘jalik shartnoma tuzilgan.
Batafsil ma’lumot olish uchun science.tuit.uz havolaga o‘ting.
Universitet Professor oʻqituvchilar, olimlari, ilmiy tadqiqotchila hamda talabalari tomoni qilingan ixtiro yoki yaratilgan foydali model uchun patent olish imkoniyati mavjud.
2024-yilda Universitetimiz tadqiqotchilari va olimlari tomonidan 3ta patent olindi:
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108
TATU (E blok)
Telefon: (0 371) 238 64 39