Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may – "Aloqachilar kuni" kasb bayrami hamda 9-may – "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Menu | 08-05-2025 | 09:47

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Milliy gvardiya, hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Joriy yilning 5–11-may kunlari mamlakatimiz hududlarida aholining barcha qatlamlari ishtirokida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Menu | 07-05-2025 | 10:39

Mazkur haftalik doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariyati va xodimlari hamkorligida amaliy va o‘quv seminar tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Menu | 07-05-2025 | 10:34

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Hurmatli aloqachilar!

Menu | 07-05-2025 | 10:31

Sizlarni 7 may — «Aloqachilar» kasb bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ajoyib g‘alaba!!!

Menu | 07-05-2025 | 10:30

Talabalar va IT sohasida endigina faoliyat boshlagan mutaxassislar uchun tashkil etilgan tanlov dasturlash va matematika yo‘nalishlarida ikki bosqichli onlayn musobaqadan iborat bo‘ldi. Tanlov topshiriqlari xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan edi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi jarayonidan, talaba-qizlarning faolligi, jamoaviy ruh va g‘alabaga intilishi aks etgan yorqin lahzalardan fotolavha.

Menu | 07-05-2025 | 10:16

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi jarayonidan, talaba-qizlarning faolligi, jamoaviy ruh va g‘alabaga intilishi aks etgan yorqin lahzalardan fotolavha.