


Ilmiy seminar-trening yuqori saviyada o‘tkazildi
📅 Joriy yilning 19-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun startap va innovatsiyalar mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy seminar-trening tashkil etildi.
🚀 Tadbir talabalar uchun yangi g‘oyalar, texnologik imkoniyatlar hamda startap ekotizimi haqida muhim bilim va tajribalar ulashishga qaratildi.
🎤 Seminar-treningni universitetning AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Saidkamalov Muhammadxo‘ja ochib berib, bugungi kunda yoshlarning innovatsion fikrlashi, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishi hamda startap loyihalar orqali iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladi.
👩🏫 Shuningdek, O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri Simela Xristaforovna so‘zga chiqib, zamonaviy davrda yoshlar uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri startap va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish ekanini qayd etdi.
👩💼 Seminarda mehmon sifatida Laylo Xondamirovna — UzCombinator co-founder hamda UnicornTech asoschisi va Nursulu Perdebayevna — TATU va TTYSI instituti dotsenti ishtirok etib, startap yaratish, texnologiya sohasidagi imkoniyatlar hamda global platformalar haqida o‘z tajribalarini ulashdilar.
📊 Tadbir davomida talabalar startap yaratish bosqichlari, g‘oyani rivojlantirish, texnologik biznesni boshlash va uni xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar oldilar.
✅ Seminar-trening yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni innovatsion fikrlashga undash hamda kelajakda yirik startap loyihalarini yaratishga ilhomlantiruvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
📚 Mazkur ilmiy seminar-trening universitetning AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti hamda O‘zbek va rus tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida tashkil etildi.