TATU jamoasi CTI-2026 “Digital Forensics Award” nominatsiyasida sovrindor bo‘ldi

  • Asosiy
  • TATU jamoasi CTI-2026 “Digital Forensics Award” nominatsiyasida sovrindor bo‘ldi

 

 

TATU jamoasi CTI-2026 “Digital Forensics Award” nominatsiyasida sovrindor bo‘ldi

🇷🇺 Moskva texnika aloqa va informatika universitetida (MTUSI) CIFR-2026 doirasida talabalar o‘rtasida insidentlar va kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa – “CAPTURE THE INTRUDER”ning “Digital Forensics Award” nominatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan  ikki jamoa ishtirok etdi.

🔎 Musobaqa davomida talabalar korporativ pochta serverida shubhali faoliyat vaqtida ushlangan tarmoq trafik faylini chuqur kriminalistik tahlil qilishlari talab etildi.

🧠 Topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar nafaqat raqamli kriminalistika va insidentlarni tergov qilish sohasidagi bilimlarini, balki zamonaviy kiberxavfsizlik mutaxassisi uchun muhim bo‘lgan stressga chidamlilik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar.

🥉 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, TUITning “BlackChain” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.

🏆 G‘oliblar va sovrindorlarni taqdirlash marosimi CIFR-2026 festivali doirasida axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislar tayyorlashning xalqaro jihatlariga bag‘ishlangan davra suhbati davomida bo‘lib o‘tdi.