TATUda “Yashil makon” aksiyasi Navro‘z bayrami ruhida o‘tkazildi!

  • Asosiy
  • TATUda “Yashil makon” aksiyasi Navro‘z bayrami ruhida o‘tkazildi!

 

 

 

TATUda “Yashil makon” aksiyasi Navro‘z bayrami ruhida o‘tkazildi!

🏛 Bugun, 21-mart kuni universitetimizda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati hamda ishchi-xodimlar faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

🌳Aksiya davomida 700 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi:
🔴 Bobodehqon mahallasiga — 250 tup;
🔴 Orchopar qabristoniga — 100 tup;
🔴 TATU hududiga — 320 tup.

🌿 Tadbir davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yashil hududlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚠️ Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bunday tashabbuslar yoshlar orasida ekologik ong va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌳 “Yashil makon” loyihasi — bu nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki Navroʻz bayramining yangilanish va ezgulik g‘oyalarini amalda namoyon etuvchi tashabbusdir.

Yashil kelajak sari birgalikda!