Yangiliklar

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Menu | 31-08-2026 | 09:42

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Dual ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Menu | 15-08-2026 | 11:20

Bugungi kunda energetika sohasini barqaror rivojlantirish, eng avvalo, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarni nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro maydonda yana bir tarixiy natijaga erishdi!

Menu | 29-07-2026 | 14:58

AQShda o‘tkazilgan robototexnika bo‘yicha nufuzli Chicago Robot Invitational (CRI) turnirida O‘zbekistonning The Reckless jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqaga har yili 35 mingdan ortiq jamoa orasidan atigi 38 ta jamoa taklif etiladi.

TATU talabalari va xodimlari diqqatiga!

Menu | 27-07-2026 | 12:01

“President Tech Award 2026” hamda “President AI Award 2026” doirasida tashkil etilayotgan eksklyuziv master-klassga taklif etamiz!

Kibersport jamoamiz xalqaro maydonda g'alaba qozonishni davom ettirmoqda.

Menu | 21-06-2026 | 18:21

Honor of Kings bo‘yicha Asian Games Esports Qualifiers turnirining Last Chance bosqichidagi ishtirokimizni davom ettirmoqdamiz. Kuni kecha Mo'g'iliston respublikasi jamoasiga qarshi 2:0 hisobidagi g'alabadan keyin ayni damda jamoamiz ⚔️ Aichi-Nagoya 2026 yo‘llanmasi uchun Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi bellashmoqda!

“AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Elektron tijorat” yo‘nalishi 4-kurs bakalavr talabalari o‘z bitiruv ishlarini O‘zbektelecom AKda himoya qildilar.

Menu | 18-05-2026 | 18:52

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi