Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

  • Asosiy
  • Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Hurmatli yurtdoshlar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va buyuk maqsadlar sari dadil intilish imkonini bergan bebaho ne’matdir. O‘tgan yillar davomida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim natijalarga erishildi.

Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, avvalo, bilim, ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Axborot texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida TATU jamoasi ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ishonamizki, bilimli va intiluvchan yoshlarimiz, fidoyi professor-o‘qituvchilarimiz, olimlarimiz hamda soha mutaxassislarimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari mamlakatimizning raqamli kelajagini yanada yuksak bosqichga olib chiqadi.

Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat va birdam, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!