TATU talabalari va xodimlari diqqatiga!

  • Asosiy
  • TATU talabalari va xodimlari diqqatiga!

“President Tech Award 2026” hamda “President AI Award 2026” doirasida tashkil etilayotgan eksklyuziv master-klassga taklif etamiz!

 Agar sizda innovatsion loyiha yoki istiqbolli g‘oya bo‘lsa va uni muvaffaqiyatli rivojlantirishni istasangiz, ushbu master-klass aynan siz uchun!

Master-klass davomida:
🔴Innovatsion g‘oyalarni to‘g‘ri shakllantirish;
🔴 Tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar;
🔴 Loyihalarni hakamlar hay’ati oldida samarali taqdim etish (
pitching) sirlari haqida soha mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar olasiz.

🇺🇿Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Parkning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

Manzil: TATU Incubation Center
Ishtirokchilar soni: Cheklangan

Diqqat! Joylar soni cheklanganligi sababli, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish: havola

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oliblik sari ilk qadamni tashlang!