E’tirof va yutuqlar:
• SPRINGER e’tirofi — TATU Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha TOP–15 tashkilot qatoridan joy oldi.
• Yubiley — “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Pulatov Sherzod Utkurovich 60 yosh bilan tabriklandi.
🌍 Xalqaro yutuqlar
• Future Tech Winter School – 2025 (Rossiya) TATU talabalari BPLA poygasi va ReVoice–2025 xakatonida 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
• Cyber Guard CUP 2025
TUIT_CSC jamoasi — 1-o‘rin, g‘oliblar Gruziyadagi Winter Camp va OneSecda pullik amaliyot yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅Faxriy unvon va mukofotlar
• “Yil ayoli – 2025” — ATDT kafedrasi professori Muxamediyeva Dildora Qobilovna
• “Fidokorona mehnati uchun” ko‘krak nishoni — Nuraliyev F.M., Muhammadiyev A.Sh.
🎉Barcha sovrindor va e’tirof etilgan ustoz hamda talabalarni tabriklaymiz!





