Bugun, 25-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4/5 (757/758)-sonli kengaytirilgan Kengash yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash avvalida universitetimizda 2025-yilda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha sarhisob videoroligi namoyish etildi.
Yigʻilish universitetning katta anjumanlar zalida o‘tkazilib, unda Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar va mas’ullar ishtirok etdi.
Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
— Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik masalalari;
— 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari va qabul komissiyasi faoliyati yakunlari;
— Prezident qarorlari, farmonlari va farmoyishlari hamda Vazirlik va idoralar qarorlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash;
— Universitetning 2025-yildagi faoliyati hisoboti hamda 2026-yil uchun ustuvor rejalar;
— Filiallar tuzilmasi va tashkiliy o‘zgarishlar;
— Talabalarning qishki ta’til davridagi holati;
— Tabriklar va ilmiy yutuqlar.



