
АKT sohasida kasb taʼlimi fakulteti 2013 yil 26 martdagi Özbekiston Respublikasi birinçi Prezidenti I.А.Karimovning PQ – 1942 sonli “Аxborot kommunikatsiyalari texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlaş tizimini kelgusida takomillaştiriş böyiça çora tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan taşkil etilgan. 2026-yil 3-sentyabrdan fakultet nomi “Raqamli ta’lim va texnologiyalar” nomiga ögartirildi.
Fakultet axborot texnologiyalari, matematik modellaştiriş, poçta aloqasi va logistika, axborot-resurs xizmatlari hamda pedagogika sohalari böyiça zamonaviy bilimlarga ega soha mutaxassislarini va yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.
Fakultet ma’muriyati:

Raqamli ta’lim va texnologiyalar fakulteti dekani
Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich

Raqamli ta’lim va texnologiyalar fakulteti Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan muovini
Norbekov Suhrob Farhod o‘g‘li

Raqamli ta’lim va texnologiyalar fakulteti öquv işlar böyiça dekan muovini
Normatov Otaxon Masharibovich
Fakultet kafedralari
Fakultetning bakalavriatura yönalişlari
Fakultetning magistratura mutaxassisliklari
Fakultetni tamomlagan bakalavrlar egallagan fundamental va maxsus tayyorgarliklariga mos ravişda quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarişlari mumkin:
- Pedagogik va tarbiyaviy faoliyat: Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar), akademik litseylar, umumta’lim maktablari hamda nodavlat ta’lim markazlarida axborot texnologiyalari va soha fanlari böyiça pedagogik hamda sinfdan taşqari tarbiyaviy işlarni olib boriş;
- Işlab çiqariş va texnologik faoliyat: Dasturiy vositalar va axborot tizimlarini işlab çiqiş, kompyuter tarmoqlarini boşqariş, real jarayonlarning matematik modellarini yaratiş, poçta aloqasi va logistika ob’ektlarida texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş hamda raqamli kutubxona va axborot-resurs tizimlarini yuritiş;
- Loyihaviy-konstruktorlik faoliyat: Dasturiy ta’minotlar, simsiz texnologiyalar, avtomatlaştirilgan ta’lim tizimlari, axborot-kutubxona ma’lumotlar bazalari hamda poçta va kommunikatsiya vositalarini loyihalaştiriş;
- Öquv-uslubiy va taşkiliy-boşqaruv faoliyat: Ta’limni boşqariş organlari, öquv-metodik markazlar, axborot-resurs markazlari (kutubxonalar) hamda poçta aloqasi korxonalarida öquv-uslubiy va taşkiliy jarayonlarni rejalaştiriş va boşqariş;
- Eksperimental-tadqiqot faoliyat: Amaliy matematika, axborot texnologiyalari, axborot-kutubxona faoliyati hamda poçta texnologiyalari sohalarida namunaviy metodikalar böyiça ilmiy-amaliy tadqiqotlar ötkaziş va natijalarga işlov beriş.