Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar

  • Asosiy
  • Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar

Kafedra mudiri:

p.f.d., professor Erdonov Orif Latipovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon:(+99871) 238-64-75

Kafedra tarixi

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1955 yilda asos solingan bo‘lib, u alohida kafedra shaklida 1970 yilda bir qator ijtimoiy fanlar kafedralari bilan bir vaqtda tashkil etildi. Ijtimoiy fanlar kafedrasiga avval 1967 yilgacha dotsent, (keyinchalik, texnika fanlari doktori, professor, akademik) X.T.Tursunov mudirlik qildi. Kafedrada 1955 yilda, dastlab, dotsent, (1976 yil texnika fanlari doktori, 1978 yil professor) S.YA.Svirskiy faoliyat yuritdi. Keyingi yillarda dotsent V.V.Yakovlev, L.T.Salimyaznova, dotsent S.M.Yafasova, dotsent V.I.Polyakov, dotsent A.M. Mirxolikov, X.X.Abduraxmonov katta o‘qituvchi BD.Yusupov, dotsent M.T.Abdurasulovlar xizmat qildilar. Kafedraga 1965 yili M.V.Lomonosov nomidagi MDU ni tugallagan N.V.Mandralskaya qabul qilindi. Kafedra o‘qituvchilari tarix, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi va bir qator fakultativ fanlardan talabalarga bilim berdilar.

Kafedra 1967-1983 yillari tarix fanlari nomzodi, dotsent X.X.Abduraxmonov, 1982-2003 yillari tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.G.Abdunabiev, dotsent N.G.Ozerova, dotsentlar V.V.Yakovlev, A.M.Mirxolikov, tarix fanlari doktori, professor A.Uralov, dotsent M.M.Saidovalar, prof. Tulenova G.J., prof. Maxkamova G.J., Babadjanov, A.O.Xakimov mudirlik qildilar.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriat:

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Falsafa
  • Dinshunoslik
  • Jismoniy ma’daniyat va sport

KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI

  • Erdonov Orif Latipovich - p.f.d., professor, kafedra mudiri
  • Mahkamova Nadira Raxmanovna - tarix fanlari doktori, professor
  • Tulenova Gulmira Jandarovna - falsafa fanlari doktori, professor
  • Sagdullayeva Dilbar Shuhratovna - falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Sanaqulov Abror Nazarovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Gulamov Ilxomjon Komiljonovich - T.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Mamayusupov Umid Qurbonovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Tashkenbayeva Diyora Abdurashidovna - T.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Alimova Shaxnoza Xamidovna - F.f.f.d. (PhD), dotsent
  • Karimova Gulchehra Abdukarimovna - F.f.f.d. (PhD), dotsent
  • Abduraximova Shaxnoza Asatullayevna - T.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Erkinov Shoxruh Shavkat o‘g‘li- p.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Abdullaeva Ziyoda Nabievna - dotsent
  • Sharifxo‘djayeva Nargiza Abdumannonovna - katta o‘qituvchi
  • Shirinova Fotima Nosirovna - katta o‘qituvchi
  • Ziyaeva Dilorom Salixovna - katta o‘qituvchi
  • Azizova Mohira Anvarovna - katta o‘qituvchi
  • Zaynitdinova Vasila Bakiyevna - katta o‘qituvchi
  • Kasimova Zumrad Sabirjanovna - katta o‘qituvchi
  • Norbekov Suhrob Farhod o‘g‘li - katta o‘qituvchi
  • Muzaffarov Muhammadaminxon Husanxon o‘g‘li - assistent
  • Ibodullayeva Gulhayo Shuxrat qizi - assistent

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY VA USLUBIY ISHLAR

2020-2021 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 7 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 21 ta, 2020-2021 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 23 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 11 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 24 ta.

2021-2022 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 11 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 23 ta, 2021-2022 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 23 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 14 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 28 ta.

2022-2023 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 13 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 25 ta, 2022-2023 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 30 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 22 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 35 ta.

Xalqaro konferensiya:

2026 yilning 16-17 aprel kunlari Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti taklifiga binoan universitetimizning gumanitar fanlar bo‘yicha yetakchi olimlar delegatsiyasi Shimkent shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim tizimida transformatsiyani jadallashtirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida professional muloqotni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Delegatsiya tarkibi:
Professor O.L.Erdonov, dotsentlar I.K.G‘ulomov, D.A.Tashkenbayeva va Sh.A.Abduraximova.

Amalga oshirilgan ishlar:

Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida “Всеобщая история и музейное дело” yo‘nalishi talabalari uchun maxsus ma’ruzalar o‘qildi.

“Auezov o‘qishlari – 24” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok – asosiy mavzu: “Qozog‘iston sun’iy intellekt davrida: dolzarb muammolar va ularning raqamli transformatsiya orqali yechimlari”.

QS Top 1000+ va undan yuqori reytingdagi yetakchi universitetlar (“U.ALIKHANOV”, “MAKHAMBET”, “ATYRAU”, “ALTYNSARIN”, “KAZAKH-AMERICAN FREE UNIVERSITY”) bilan o‘zaro amaliy tashriflar va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ushbu hamkorlik:

· akademik mobillikni kengaytiradi;
· oliy ta’lim sifatini oshiradi;
· gumanitar va ilmiy sohalarda integratsiyani kuchaytiradi;
· professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini rivojlantirishga zamin yaratadi.


2026-yil 4-aprel kuni Jizzax politexnika institutida “Sun’iy intellekt davrida milliy o‘zlikni anglash: Turon tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Jismoniy tarbiya va gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt davrida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni asrab-avaylash hamda zamonaviy rivojlanish jarayonlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, universitetimiz vakillari konferensiya doirasida respublikamiz hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan ilmiy muloqot olib borib, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar.

Ushbu konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR:

Kafedra professor-o‘qituvchilari Prezident qarorlari, so‘zlagan nutqlari hamda asarlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan joylarda, jumladan tashkilot, korxona hamda mahallarda reja asosida va rejadan tashqari targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib  borishmoqda.

 

Kafedra PO‘lari tomonidan universitetning faollar zalida 2024-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari oliygoh xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokidaga “Korrupsiya davlat tuzumini ichidan yemiradigan ijtimoiy barqarorlik kushandasidir” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda kafedraning barcha PO‘lari ishtirok etishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari G.Tulenova N.Maxkamovalar tomonidan ma’ruzlar qilindi hamda universitet rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.

 

 

Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida universitetning rahbar hodimlari va barcha pedagog jamoasiga “Jadidlar: tarihi, hayoti va milliy istiqlol uchun kurash g‘oyalari” mavzuida ailmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Gumanitar fanlar kafedrasi professori N.R.Mahkamova Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, tarixi va mohiyati.haqida malumot berdi. Tadbir boshida “Turkiston muhtoriyati haqidagi video rolik namoish etildi.

 

 

Kafedra manzili: B-blok, 4-qavat, 414-xona

So‘nggi yangilanish: 20.04.2026 11:13