Developing services for Individuals with Disabilities (DECIDE)


TATU ERASMUS+ dasturining Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish” DECIDE loyihasi ishtirokchisi


Coordinator:  Sherzod Gulomov, Associate Professor

Mob: +998 909708464

Email: sherhisor30@gmail.com 

Website:


DECIDE loyihaning asosiy maqsadi

Loyihaning asosiy maqsadi - Boloniya jarayoni va BMT konventsiyasiga muvofiq maxsus ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning ta'lim olish imkoniyatlarini va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqlarini, tushunish va qabul qilishni rivojlantirish orqali maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan shaxslarni kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan.  

 

Qozog'iston, Tojikiston va O'zbekistonning 14 ta universitet va muassasalari hamda Ruminiya, Irlandiya, Angliya, Germaniya va Gretsiyaning 4 ta universitetlarida nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish DECIDE loyihasini amalga oshiriladi.

 

Loyihaning tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi Ruminiyaning Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti hisoblanadi. Universitet loyihani boshqarish, moliyaviy va umumiy boshqaruv uchun professional infratuzilmaga ega yaxshi tashkil etilgan bo'linmalarga ega.

 

O'zbekistondan loyihada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Mushtoq ko’zlar nogiron bolalarning qo’llab-quvvatlash jamiyati qatnashmoqda.

 

Lohihaning vazifalari:

Loyiha inklyuziv ta’limga ruxsatlarni, Boloniya jarayonlari va BMT kriteriyalariga muvofiq ta’lim olishda alohida ehtiyojlarga ega shaxslarga ijtimoiy integratsiya va diskriminatsion bulmagan murojaatlarni qo’llab quvvatlaydi va rivojlantiradi. Bu alohida ehtiyojlarga ega shaxslarga ta’lim olishga, to’liq ijtimoiy hayot faoliyatini olib borishga va jamiyatda ogohlantirish va tan olish ishlarini olib borish bilan ularga nisbatan kamsitish holatlariga qarshi kurashish uchun zamin yaratadi.

Asosiy natijalar alohida maqsadli guruhlar uchun alohida maqsadlarga qaratilgan ingliz tilini o’rgatishni,  barcha muassasalar uchun DECIDE o’quv rejasini, 8 ta kirish va DECIDEning modifikatsiyalangan modullarini 2 semestr mobaynida pilotlash orqali o’rgatishni o’z ichiga oladi.

Sifat rejasi jihatlari 8 moduldan iborat o’quv rejasini monitoringlash va baholashga, bundan tashqari targ’ib etish va mustahkam rivojni qo’llab quvvatlovchi “Harakat guruhlari”ni va “Jamyat bilan aloqa o’rnatish hodim”ni (yuqori tashkilotlardagi alohida ehtiyojlarga ega talabalar) strategik tahlil va Milliy talabalar uyushmasining ishtirokini integratsiyalash yo’naltirilgan.

Bularning barchasi loyihalar va uchrashuvlar va loyihalarni kunlik boshqarish strukturalari orqali umumiy sifat nazoratida boshqariladi.

 

O’quv dasturlarining kirish va mukammal trularini ishlab chiqish

 

DECIDE loyihasining sifat kafolati boshlang’ich va malaka oshirish uchun o’quv dasturlarini quyidagilar uchun ishlab chiqadi:

Hamkor davlatlar o’qituvchilari, insktruktorlar va murabbiylar, pedagoglar va lektorlar;

Davlat xizmati va siyosati hodimlari;

Nodavlat tashkilotlar pedagoglari (NT)

Bu loyiha ECTS sozlamalari qurilmalariga to’liqligicha mos keluvchi 8 moduldan iborat dastur maqsadga yo’naltirilgan o’quvchilarga qaratilgan strategiyalardan foydalangan holda amaliy va nazariy uslublarni singdirishga qaratilgan. To’rtta krish moduli quyida keltirilgan:

 

Modul 1

Mahsus maqsadlar uchun ingliz tili (mahsus ehtiyojlar va nogironlik). Bu hamma hamkorlarga taalluqli bo‘lib, keyinroq u rasmiy davlat va universitet ma’murlariga, NT dasturlariga va kiritish mumkin bo‘lgan joylarga integratsiya qilinadi.

 

Modul 2

Marketing – nazariya va amaliyotga kirish – milliy kompaniyalarni ogohligini oshirish va NT ni qo‘llab-quvvatlashga oid strategiyalarni ishlab chiqish.

 

Modul 3

Kutubxonalardan foydalanish! – bu barcha hamkorlar va ayniqsa, kutubxonachilar uchun tegishli bo‘lib, Repanovich Angellaning nogironlarni jamiyatga faol integratsiya qilish bo‘yicha qo‘ygan bahosi inobatga olinadi.

 

Modul 4

Aloqa bo‘yicha amaliyotchining dasturiy modullariga ruhsat olish – bu barcha hamkorlar uchun va ayniqsa, harakat guruhi kelajagi uchun taalluqlidir. Ushbu o‘quv moduli, har bir o‘quv muassasalarida, o‘quv jarayoniga katta ehtiyoji bor talabalar bilan ishlash va maslahat berish bo‘yicha mutaxassis bo‘lishini ta’minlaydi.

 

To’rtta keng modullar:

 

Modul 5

Talablarni qanoatlantirish – anglab yetish va o’qitish (shu jumladan o’qish mobaynida vujudga keladigan yengil va og’ir qiyinchiliklar hamda disleksiya).

 

Modul 6

Talablarni qanoatlantirish –muloqot va o’zaro munosabat (bu SWOT tahlilida aniqlangan autizmga urg’uni o’z ichiga oladi)

 

Modul 7

Talablarni qondirish – fizik va sensor talablar.

 

Modul 8

Talablarni qondirish – ijtimoiy, hissiy, va qiziqishlarga bog’liq qiyinchiliklar.

DECIDE LOYIHASINING DASTLABKI YIG’ILISHI

 2019 yil 11-12 fevral kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozoqiston Milly universiteti kutubxonasida Evropa mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlari ishtirokida "Nogironlar uchun xizmatlarni rivojlantirish" ERASMUS+CBHE loyihasining dastlabki yig’ilishi bo’lib utdi.

DECIDE loyihasi - Boloniya jarayoni va BMT konventsiyasiga muvofiq maxsus ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning ta'lim olish imkoniyatlarini va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqlarini, tushunish va qabul qilishni rivojlantirish orqali maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan shaxslarni kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Uchrashuvni Al-Farobiy nomidagi Qozoqiston Milliy universiteti birinchi prorektori, akademik Muxamatkali Burkitbaev ochdib berdi.

Shundan so’ng DECIDE loyihasi koordinatori, Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti professori Angela Repanovisi so’zga chiqdi. U birinchi yig'ilish qatnashchilariga tabrik nutq so'zladi va Oliy ta'lim hamda umuman jamiyatni rivojlantirish uchun bunday muhim loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga umid qildi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari, moliyaviy va boshqaruv masalalari, vazifalarni taqsimlash, shuningdek uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

 Uchrashuvda Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti, London Middlseks universiteti (Buyuk Britaniya), Limerik Texnologiya instituti (Irlandiya), Dresden Texnika universiteti (Germaniya), Krit (Gretsiya) universiteti va Markaziy Osiyo hamkor-universitetlari ishtirok etdi. Dastlabki uchrashuv yoqori saviyada va do'stona muhitda o'tkazildi.

 2019 YIL 25-29 MART KUNLARI GERMANIYA DREZDEN TEHNIKA UNIVERSITETIDA MAXSUS MAQSADLARGA YO‘NALTIRILGAN INGLIZ TILI BOYICHA TRENING

 2019 yil 25-29 mart kunlari Germaniya (Drezden) Drezden tehnika universitetida DECIDE «Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish» loyihasi, ERASMUS+ dasturi doirasida «Mahsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili» treningi bo‘lib o‘tdi.

 

Treningda Transilvaniya Universiteti vakillari, Middleseks Universiteti (Birlashgan Qirollik), Limerik Tehnologiya instituti (Irlandiya), Drezden tehnika universiteti (Germaniya), Krit universiteti (Gretsiya), Markaziy Osiyo hamkor universitetlari va muassasalari qatnashdilar. Yig‘ilish do‘stona va ishbilarmonlik muhitida bo‘lib o‘tdi.

 Trening davomida loyihaning yevropalik hamkorlari bilan nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi savollar o‘rganildi va ko‘rib chiqildi:

 

1.         Bazaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan ishtirokchilarni umumiy ingliz tiliga o‘qitish.

2.         Xalqaro siyosatning nogironlar bilan bog‘liq masalalari asoslariga kirish: BMTning nogironlar haq-huquqlari oid konvensiyasi.

3.         Autizm kasalligi bilan og‘rigan talabalarni o‘qitish.

4.         Ijtimoiy, emotsional, xulq-atvor qiyinchiliklari (terminologiya va standartlar) – nazariy va amaliy istiqbollar.

5.         Alohida ehtiyojlarga muhtoj kishilarga kutubxona xizmatlari. Atamalarni glossariy qilish va ularni aniqlash.

6.         Kutubxonadan foydalanish: axborot savodxonligi va tadqiqot fanlari uchun terminologiya.

7.         Ko’rish qobiliyatida muammosi bo’lgan talabalarni o’qitish, yordamchi texnologiyalar.

8.         Kutubxonadan foydalanish: strategiya va tarmoqdagi qidiruv taktikasining terminologiyalari / tanqidiy baholovchi axborot resurslari / iqtiboslarga havola keltirish va plagiatni bartaraf etish.

        

Barcha qatnashchilar DECIDE loyihasining keying mashg’ulotlari quyida keltirilgan sanada va joylarda o’tkazilishiga kelishib olishdi:

-   O’quv moduli 2019-yil 22-iyuldan 2-avgustgacha Limerikda (Irlandiya) o’tkaziladi.

-   Loyiha bo’yicha kengash 2019-yil 13-15 noyabr kunlari Londonda (Angliya) tashkil qilinadi.