
Bo‘lim boshlig‘i:
Abdiyev Nosir Raximovich
Qabul vaqti: Dushanbadan – Jumagacha (14:00 – 17:00)
Telefon: (+99871) 207-59-47
E-mail: n.abdiyev@tuit.uz
Transformatsiya va strategik rivojlantirish bo‘limining maqsadlari
- Universitetning global ta’lim makonida raqobatbardoshligini oshirish, institutsional transformatsiya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish hamda strategik rivojlanish siyosatini shakllantirish.
- Universitetning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish orqali barqaror institutsional o‘sishni ta’minlash.
- Xalqaro tajribalar asosida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni modernizatsiya qilish hamda universitetni “xalqaro universitet” modeliga bosqichma-bosqich transformatsiya qilish.
- Universitetning akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Nufuzli xalqaro reytinglarda universitet pozitsiyasini yaxshilash, xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va sifat menejmenti tizimini takomillashtirish.
Transformatsiya va strategik rivojlantirish bo‘limining asosiy vazifalari
- Universitet faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha strategik rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish.
- Institutsional transformatsiya jarayonlarini metodik va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda strategik maqsadlar ijrosini monitoring qilish.
- Fakultetlar, markazlar va tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini umumiy strategik rivojlanish dasturi bilan uyg‘unlashtirish.
- Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Strategik loyihalarni loyiha boshqaruvi (Project Management) tamoyillari asosida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.
- Universitetni nufuzli xalqaro reytinglarning TOP–1000 taligiga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.
- Ustuvor ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha strategiyani shakllantirish va amaliy yordam ko‘rsatish.
- Ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, innovatsion o‘qitish va baholash metodlarini joriy etish hamda sifat monitoringi tizimini takomillashtirish.
- Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, startap ekotizimini shakllantirish hamda “Tarmoq – Korxona – Oliygoh” integratsiyasini kuchaytirish.
- Universitetni xalqaro professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun jozibador akademik muhitga aylantirish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish.
- Strategik rivojlanish rejasi va Harakatlar rejasining bajarilishini doimiy monitoring qilish hamda natijadorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash.
- Universitetning transformatsion rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
So‘nggi yangilanish: 26.02.2026 15:43