Boshqarma boshlig‘i:
Jo‘raev Lazizjon Norovich
Tashkiliy nazorat boshqarmasi haqida
Tashkiliy nazorat boshqarmasi Universitetning 2022-yil 20-avgustdagi 183-F-son farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son Qarori, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 29-dekabrdagi 707-son va 708-son buyruqlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 27-dekabrdagi 541-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Universitetning normativ hujjatlariga va boshqarma Nizomiga amal qiladi. Boshqarma o‘z faoliyatini Universitet rektori rahbarligida amalga oshiradi.
Boshqarma 3 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi, Devonxona va Arxiv.
Tashkiliy nazorat boshqarmasining asosiy vazifalari
Universitetning boshqarmalari, bo‘limlari, markazlari, fakultet va kafedralari, shuningdek hududiy filiallarida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida tasdiqlanadigan yillik davlat dasturlari (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) loyihasiga kiritish uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga oid takliflarning boshqarmalar, bo‘limlar, markazlar, fakultet va kafedralar, shuningdek hududiy filiallari tomonidan ishlab chiqilishini va yuqori turuvchi tashkilotlarga kiritilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli (I va II yarim yillik) ish rejalari asosida TATU ning ish rejalarini ishlab chiqilishini, boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalar tomonidan ish rejada belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qiladigan Murojaatnomalarida belgilangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha TATU tomonidan amalga oshiriladigan “Yo‘l xaritasi” ijrosini nazorat qilish;
Universitet rektori va prorektorlarining Xorijiy mamlakatlarga amalga oshiriladigan tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritalari” ijrosini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida yuqori turuvchi tashkilotlardan yo‘llangan buyruq va farmoyishlar, topshiriq xatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining va TATU rektorining hududlarda amalga oshiradigan tashriflari yakunlari yuzasidan tasdiqlanadigan bayonlar bo‘yicha ichki buyruq tayyorlash, tayyorlangan ichki buyruqlarni tegishli mas’ullar bilan kelishish va rahbarga imzolash uchun kiritish, shuningdek tasdiqlangan va ro‘yxatdan buyruqlarning bandlarini tegishli bo‘yicha mas’ul ijrochilarga yetkazish, ijro nazoratini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining Hay’at yig‘ilishlari qarorlari va videoselektor yig‘ilishlari bayonlari yuzasidan ichki buyruq tayyorlanishini, mas’ul ijrochilarga yetkazilishini va belgilab berilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
TATU Ilmiy kengashi yig‘ilishi yuzasidan universitetning boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalariga belgilab berilgan vazifalarning ijrosini nazorat qilish;
TATU Rektorat yig‘ilishi va tezkor yig‘ilishlar yuzasidan kun tartibi masalalarini tayyorlash, shuningdek yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va belgilab berilgan topshiriqlar yuzasidan ijro nazoratini olib borish;
TATUda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va boshqa elektron tizimlar orqali kelib tushayotgan, shu bilan birga, og‘zaki tarzda kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari) bilan belgilangan tartib asosida ishlashni tashkil qilish;
TATUga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini nazoratga olish;
TATU va uning hududiy filiallarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
TATU rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
axborot maydonini monitoring va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan Internet tarmogida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tashkil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida TATU faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
TATU da o‘rnatilgan tartibda xodimlarga zamon talablariga javob beradigan ish sharoitini yaratilishini nazorat qilish;
TATU va uning hududiy filiallari binosida xo‘jalik ishlarini olib borilishini, o‘quv auditoriyalar va sport inshootlaridan samarali foydalanilishini, olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi, sifati, muddatida yakunlanishini hamda qurilish ishlariga mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
TATU boshqaruv apparatida belgilangan tartibda ish yuritilishini tashkil etish va uni to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilish;
TATU va uning hududiy filiallarida edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida hujjatlar almashinuvini nazorat qilish;
TATUning boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalarda tegishli ijro hujjatlari asosida berilgan topshiriqlar va yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qіlish.
Murojatlar hisoboti | |
---|---|
4117-6-01 | Yuklab olish |
3231-09 | Yuklab olish |
Murojatlar hisoboti TATU | Yuklab olish |
2021 yanvardan sentabrgacha 9-oylik | Yuklab olish |
2022 yanvardan sentabrgacha 9-oylik | Yuklab olish |
2023 yanvar- iyun | Yuklab olish |
Buyruqlar hisoboti | |
2-chorak buyruqlar | Yuklab olish |
3-chorak xisobot TATU dan | Yuklab olish |
3256-09 3-chorak buyruqlar hisoboti | Yuklab olish |
4142-1-01 buyruqlar ijrosi TATU | Yuklab olish |
TATUdan 2-chorak buyruqlar hisoboti | Yuklab olish |
TATUdan 2-chorak buyruqlar hisobotiTATUdan 1-chorak hisoboti 2022 yil | Yuklab olish |
Hayat qarorlari hisoboti | |
OTV 4-hayat qarori hisoboti | Yuklab olish |
OTV 2022-yil davomidagi hayat qarorlari bo‘yicha ma’lumot | Yuklab olish |
OTV hayat qarorlari 2021-yil 4-chorak hisoboti | Yuklab olish |
OTV Hayat qarorlari 2022-yil 1-chorak hisoboti | Yuklab olish |
Hayat qarorlari 2022-yil 3-chorak hisoboti | Yuklab olish |