
Bo‘lim boshlig‘i:
Qaxramonov Elbek Quvondiq o‘g‘li
Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
Ma’lumotlar bazasi bo‘limi (Back office)
Maʼlumotlar bazasi boʻlimi (Back office) oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish, “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish, statistik maʼlumotlarni yuritishda kerakli ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda universitet tuzilmasidagi boshqa boʻlinmalarning xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Maʼlumotlar bazasi boʻlimi (Back office) tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish, talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish, oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish, oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash, familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish, oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish, qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish, qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish, bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish ishlarini tashil qiladi.
Ma’lumotlar bazasi bo‘limi (Back office) tarkibi
Bo‘limda 1 nafar boshliq va 7 nafar yetakchi mutaxassislar faoliyat yuritadi.