Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front office)

  • Asosiy
  • Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front office)

Bo‘lim boshlig‘i:

Shamsiyev Alibek Sabirovich

Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99871) 238-55-55

Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front office)

Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front office) dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish, qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish, sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish, akademik maʼlumotnoma va transkript berish, imtihonlar roʻyxatini taqdim etish, oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish, oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish, oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish, talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish, talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish, talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash, oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish, oliy taʼlim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish, oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish, turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTTlar bilan) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish, oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish, xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish, qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish, xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish, xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish, xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish, toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish, akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish, ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish, talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front office) tarkibi

Bo‘limda 1 nafar boshliq va 7 nafar yetakchi mutaxassislar faoliyat yuritadi.