Mehr va e’tibor — eng katta sovg‘a!

  • Asosiy
  • Mehr va e’tibor — eng katta sovg‘a!

Onkologik xastalik bilan kurashayotgan bolalarga xush kayfiyat ulashish maqsadida talabalarimiz tashabbusi bilan mehr va e’tibor aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tashrif davomida bolajonlarga quvonch ulashish, ularning yuzida tabassum yaratish uchun turli o‘yinlar, sovg‘alar hamda samimiy suhbatlar uyushtirildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ularning ruhiy holatini ko‘tarish, mehr-muhabbat va umid tuyg‘ularini ulashishdan iborat bo‘ldi.

Bunday ezgu tashriflar nafaqat bolalarga, balki talabalar uchun ham insonparvarlik, mehr-shafqat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.