
Uchrashuv davomida universitet talabalari bilan o‘zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta’limda zamonaviy tendensiyalar haqida so‘z yuritildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.
⭐Tashrif davomida xavfsizlikka e’tibor qaratish, is gazi keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🛡Shuningdek, rektor TTJdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, talabalar yashash muhitini ko‘zdan kechirdi.
🎓 Uchrashuv yakunida rektor talabalarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, puxta bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, kelgusida yurtimiz ravnaqiga munosib xizmat qiladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.