![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Global Future Higher Education Summit: A New Ecosystem for AI-Driven Industry-Academia Collaborative Talent Development” xalqaro sammitida "Digital transformation of higher education in Uzbekistan: TUIT case" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
📌Ma’ruza davomida rektor O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, TATUda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv va ilmiy faoliyatga integratsiya qilish hamda universitetning IT-industriya bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajribalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, TATUda zamonaviy ta’lim ekotizimini shakllantirish, sanoat va oliy ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, talabalarni amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda sun’iy intellekt davrida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
❕Ma’lumot uchun:
Sammitning maqsadi ilg‘or sanoat va oliy ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida muloqot maydonini yaratish, ta’lim va sanoat integratsiyasining yangi modellari hamda oliy ta’lim ekotizimlarini muhokama qilish, shuningdek raqamli va sun’iy intellekt davrida kadrlar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda belgilashdan iborat.
☑️ Sammit oliy ta’lim sohasi ishtirokchilariga sun’iy intellekt asosida ta’lim va sanoat hamkorligi ekotizimini shakllantirish bo‘yicha amaliy modellarni taqdim etadi.



