18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU)ga tashrif buyurdi.
Uchrashuv ishtirokchilari BDIRU ta’lim va ilmiy faoliyati hamda xalqaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
19-iyun kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) rektori To‘lqin Teshabaev hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) rektori Vadim Bogush 2019-2020 o‘quv yili uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “Axborot texnologiyalari” fakulteti ish rejasini imzoladilar.
Shuningdek, tomonlar fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda O‘zbekiston talabalarini BDIRUda integratsiyalashgan o‘qitish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab, Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultetga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha abiturientlar qabul qilish rejalashtirilgan.
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultetda ta’lim olish ikki bosqichda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, talaba 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil olsa, 3-4-bosqichlarni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba ikki tomonlama diplom (TATU-BDIRU)ni qo‘lga kiritadi. Ayni vaqtda qo'shma fakultet uchun abiturientlardan xujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlangan.
Qabul haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin bo‘ladi.
TATU matbuot xizmati