HURMATLI ABITURIYENTLAR!

  • Asosiy
  • HURMATLI ABITURIYENTLAR!
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriatning quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qiladi:
  • Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti;
  • Dasturlanadigan mobil tizimlar;
  • Sun’iy intellekt.
TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joylashgan (Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108).
Qabul har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari amalga oshiriladi.
Telegram kanal:  https://t.me/sfittuitbguir
  • Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega bo‘lishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti
  • Yotoqxona taqdim etiladi
  • Talabalarga stipendiya to‘lanmaydi
  • O‘qish uchun to‘lovlar quyidagilarni tashkil qiladi:
            - Birinchi bosqichda (TATU da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.
            - Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.
TANLOVDA QATNAShISH UCHUN:
1) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasiga 10.08.2019 y. gacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak:
  • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat
  •  pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi
  •  umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.
Ariza blankasi (rus tilida) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasida olish mumkin.
2) So‘ngra kirish sinovlardan o‘tish zarur (quyida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq).
Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat) natijalari asosida amalga oshiriladi.
Tanlov har bir yo‘llanma uchun alohida o‘tkaziladi.

2019-2020 o‘quv yiliga TATU-BDIRU ATQF bakalavriati ta’lim dasturlariga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari va kirish sinovlarning ro‘yxati

ОТМ номи

Таълим дастури

Қабул учун жойлар сони

ТАТУ

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

50

Дастурланадиган мобил тизимлар

50

Сунъий интеллект

50

ТАТУ Самарқанд филиали

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

25

Дастурланадиган мобил тизимлар

25

ТАТУ Нукус филиали

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

25

Дастурланадиган мобил тизимлар

25

ТАТУ Урганч филиали

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

25

ТАТУ Қарши филиали

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

25

ТАТУ Фарғона филиали

Ахборот технологияларнинг дастурий таъминоти

25


*qabul komissiyaning qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qaror qabul qilinishi mumkin.
Kirish sinovlari 1 iyuldan 15 oktyabrgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
O‘quv mashg‘ulotlar 2019 yil 2 sentyabrdan boshlanadi.