Loyihalar va tadbirlar

  • Home
  • Loyihalar va tadbirlar

 

Kelajakka qadam dasturi

Loyihalar va tadbirlar

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda talaba va bitiruvchilar uchun amalga oshirilgan loyihalar, seminar-treninglar, ko‘rgazmalar va ularning natijalari.

Kredit mahsulotlari ← “Kelajakka qadam” markazi

12

O‘tkazilgan tadbirlar

4

Imtiyozli kredit mahsuloti

2025

Markaz faoliyati boshlangan (17-aprel)

Bitiruvchilarning tadbirkorlik loyihalari

TATU bitiruvchisi Amonbayev Azamat Shixnazar o‘g‘lining “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirgan biznes-loyihasi haqida video lavha

 

Amalga oshirilgan loyiha va tadbirlar

“Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

Ko‘rgazma

“Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

TATU talaba va bitiruvchilari Markaziy bank, O‘zbekiston Milliy banki va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada yirik ish beruvchilar, bank-moliya muassasalari va IT kompaniyalari vakillari bilan muloqot qilib, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari bilan tanishdi.

Batafsil
“TalabaExpo – 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

Ko‘rgazma

“TalabaExpo – 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada TATU talaba va bitiruvchilari istiqbolli ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi.

Batafsil
Yoshlar kuni munosabati bilan seminar-uchrashuv

Seminar-uchrashuv

Yoshlar kuni munosabati bilan seminar-uchrashuv

2026-yil 4-iyun kuni TATU, “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminar davomida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kredit imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil
Mehnat huquqlari va zamonaviy ish imkoniyatlari seminari

Seminar

Mehnat huquqlari va zamonaviy ish imkoniyatlari seminari

2026-yil 26-mart kuni TATUda “Mehnat huquqlari, rezyume tayyorlash, frilans va masofaviy mehnat imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etilib, talabalarga amaliy tavsiyalar va zamonaviy mehnat bozori talablari haqida ma’lumotlar berildi.

Batafsil
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv

Uchrashuv

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv

2026-yil 26-fevral kuni Yunusobod tumani Bandlik markazi hamda “O‘zmilliybank” AJ vakillari ishtirokida talabalarni haq to‘lanadigan amaliyotlar, onlayn platformalar va biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishtirish uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

Seminar-trening

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

2025-yil 17-dekabr kuni TATUda “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Batafsil
“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Mehnat yarmarkasi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Joriy yilning 10-iyul kuni, “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida, Universitet bitiruvchi talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, ta’lim va bandlik sohalarida o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini yanada kuchaytirish va potensial ish beruvchilar bilan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida, “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Batafsil
TATUda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening

Seminar-trening

TATUda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki, O‘zbekiston milliy banki va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Batafsil
“Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening

Seminar-trening

TATUda “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 13-iyun kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil
“Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmasi

Markaz

“Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Universitetda, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Markazning ish yuritishi uchun Universitet hududida xona ajratilib, zaruriy jihozlar (kompyuter, printer, telefon, ish yuritish uskunalari) bilan jihozlanib, doimiy o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Batafsil
“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” seminar-treningi

Seminar-trening

“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 3-aprel kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil
TATU hamda “O‘zmilliybank” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi

Hamkorlik

TATU hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori bilan yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan keng imkoniyatlar yaratib berildi.

Batafsil

Video lavhalar

Kelajakka qadam

Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.

Kelajakka qadam | Talaba Expo - 2025

“Kelajakka Qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar o‘z biznes loyihalarini taqdim etdi. Bu ilhomli daqiqalar O‘zbekiston 24 telekanalida yoritildi!

“Kelajakka qadam” dasturi — raqamli formatda!

AI texnologiyasi yordamida tayyorlangan ushbu videoda oktyabr oyida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va natijalar jamlangan.

Sizning ham biznes g‘oyangiz bormi?

“Kelajakka qadam” markazining TATUdagi hududiy bo‘linmasi g‘oyangizni loyihaga aylantirish va imtiyozli kredit olishda yordam beradi.

Last Update: 30.09.2026 16:33