Yuridik xizmat bo'limi

TATU Yurist maslahatchisi:

Abdulxay Dilshod Tohirjon o’g’li

Telefon: (0 371) 238-64-92

Yurist maslahatchi – universitetning faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etilib, joriy qilinadigan mustaqil lavozim hisoblanadi. Yurist maslahatchisi bevosita universitetning rahbariga bo‘ysunadi.

Universitet yurist maslahatchisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Universitetning yurist maslahatchisi lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va ish staji kamida 3 yilga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin.

Yuridik xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:

Universitetning yurist maslahatchisini quyidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:

• Universitetning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish;

• Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;

• Universitning xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;

• Universiteni va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish;

• Universitetning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish;

• Sudlarda va boshqa idoralarda universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

Yurist maslahatchi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1. Huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:

• universitetni huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi;

• universitetni vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi;

• universitening idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi;

• mustaqil yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda ekspertizadan o‘tkazish va universitet bilan kelishish uchun taqdim qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

• normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslahatchisi tomonidan universitetning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

• universitet faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

• universitetgaa kelib tushgan va davlat organining o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlaydi;

• universitetning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, davlat organi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;

• universitetni vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

• universitet rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

• universitet va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘јrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi;

• universitet faoliyatiga tegishli qonunchilikni tarјib qilish ishlarini amalga oshiradi;

• universitet xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga universitet faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

2. Universitet faoliyatida qonuniylikni ta’minlash sohasida:

• universitet va uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘јrisida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;

• universitetni rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslahatchisi tomonidan universitetning boshqa vakolatli bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

• mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitet buyruqlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘јrisida takliflar tayyorlaydi;

• universitetda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

• universitetda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda mulk saqlanishi ta’minlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi;

• universitetningboshqa bo‘linmalari bilan birgalikda davlat organi, uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko‘rib chiqadi;

• universitetda boshqaruv tizimini takomillashtirish, universitetni tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

• universitetda mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

3. Shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:

• boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitet tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslahatchis tomonidan universitetning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

• qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;

• shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

• universitet tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

• universitetning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, universitetda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

• tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;

• shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

• universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;

4. Boshqa sohalarda:

• universitet tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

• qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini universitet tizimiga kiradigan bo‘linmalarga yetkazadi.