O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni hiomoya qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 4-bandiga muvofiq, 2025-yil 20-mart kuni respublikamizda “Yer kuni” nishonlanishi belgilangan. Shu munosabat bilan “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan 18 mart kuni 3-juftlikda , (EM) ISP001 - ISP002 guruh talabalari bilan “Yer sharini asrash”shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
So‘zga G.Rahmonova chiqib bu sananing tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi: 19-asrda amerikalik olim Jon Djulius aholiga murojaat qilib mintaqani ko‘kalamzorlashtirish taklifi bilan chiqadi. Aholini daraxt ekishga jalb qiladi, bu tashabbus boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Shu tariqa Jon Djulius birinchi bo‘lib asos soldi.
2009 yilda siyosiy va ommaviy faollik tufayli AQSHda atrof muhit muhofazasi yolida qator hujjatlar qabul qilingan. 2009 yil BMT Bosh Assambleyasi xalqaro Ona Yer kunini nishonlash borasida rezolyutsiya qabul qildi.
2010 yildan boshlab “Yer kuni” (Earth Day) va unga oid ekologik tadbirlar butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda nishonlana boshlandi.
Bugungi kunda Yer kuni 192 dan ortiq mamlakat tomonidan nishonlanib, har yili millionlab insonlar atrof-muhitni himoya qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu sana insoniyatni tabiatni asrashga chaqiradigan global ekologik harakatga aylanganligi e’tirof etildi.
Davra suhbati ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik mavzulariga bag‘ishlandi. Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatda ekologik madaniyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish va ishtirokchilarning ekologik mas’uliyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Xalqaro yer kuni” bag‘ishlangandavra suhbati ishtirokchilarda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida muhokama qilingan mavzular ekologik madaniyatni oshirish va amaliy choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda. Tadbir so‘ngida tavsiya va kelgusidagi rejalar ishlab chiqildi, jumladan:
· Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘proq amaliy tadbirlar o‘tkazish;
· O‘quv muassasalari va jamiyat a’zolari o‘rtasida ekologik targ‘ibotni kuchaytirish;
· Ko‘ngilli ekologik loyihalar va aksiyalar tashkil etish.