Gumanitar fanlar

Kafedra mudiri:

F.f.f.d. (PhD), dotsent Xakimov Alisher Olimjonovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon:(+99871) 238-64-75

Kafedra tarixi

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1955 yilda asos solingan bo‘lib, u alohida kafedra shaklida 1970 yilda bir qator ijtimoiy fanlar kafedralari bilan bir vaqtda tashkil etildi. Ijtimoiy fanlar kafedrasiga avval 1967 yilgacha dotsent, (keyinchalik, texnika fanlari doktori, professor, akademik) X.T.Tursunov mudirlik qildi. Kafedrada 1955 yilda, dastlab, dotsent, (1976 yil texnika fanlari doktori, 1978 yil professor) S.YA.Svirskiy faoliyat yuritdi. Keyingi yillarda dotsent V.V.Yakovlev, L.T.Salimyaznova, dotsent S.M.Yafasova, dotsent V.I.Polyakov, dotsent A.M. Mirxolikov, X.X.Abduraxmonov katta o‘qituvchi BD.Yusupov, dotsent M.T.Abdurasulovlar xizmat qildilar. Kafedraga 1965 yili M.V.Lomonosov nomidagi MDU ni tugallagan N.V.Mandralskaya qabul qilindi. Kafedra o‘qituvchilari tarix, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi va bir qator fakultativ fanlardan talabalarga bilim berdilar.

Kafedra 1967-1983 yillari tarix fanlari nomzodi, dotsent X.X.Abduraxmonov, 1982-2003 yillari tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.G.Abdunabiev, dotsent N.G.Ozerova, dotsentlar V.V.Yakovlev, A.M.Mirxolikov, tarix fanlari doktori, professor A.Uralov, dotsent M.M.Saidovalar, prof. Tulenova G.J., prof. Maxkamova G.J., Babadjanov mudirlik qildilar.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriat:

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Falsafa
  • Dinshunoslik

KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI

  • Xakimov Alisher Olimjonovich - kafedra mudiri
  • Mahkamova Nadira Raxmanovna - tarix fanlari doktori, professor
  • Tulenova Gulmira Jandarovna - falsafa fanlari doktori, professor
  • Babadjanov Xasan Baxtiyorovich - dotsent
  • Boboyorov Bobomurod Normatovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent
  • Sagdullayeva Dilbar Shuhratovna - falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Sanaqulov Abror Nazarovich - F.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Gulamov Ilxomjon Komiljonovich - T.f.f.d. (PhD), dotsent 
  • Sharifxo‘djayeva Nargiza Abdumannonovna - katta o‘qituvchi
  • Shirinova Fotima Nosirovna - katta o‘qituvchi
  • Ziyaeva Dilorom Salixovna - katta o‘qituvchi
  • Abdullaeva Ziyoda Nabievna - katta o‘qituvchi
  • Azizova Mohira Anvarovna - katta o‘qituvchi
  • Alimova Shaxnoza Xamidovna - katta o‘qituvchi
  • Zaynitdinova Vasila Bakiyevna - katta o‘qituvchi
  • Kasimova Zumrad Sabirjanovna - katta o‘qituvchi
  • Tashkenbayeva Diyora Abdurashidovna - katta o‘qituvchi
  • Karimova Gulchehra Abdukarimovna - assistent
  • Ibodullayeva Gulhayo Shuxrat qizi - assistent
  • Usmanov Bekzod Xasanbekovich - assisent

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY VA USLUBIY ISHLAR

2020-2021 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 7 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 21 ta, 2020-2021 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 23 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 11 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 24 ta.

2021-2022 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 11 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 23 ta, 2021-2022 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 23 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 14 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 28 ta.

2022-2023 o‘quv yilida “Scopus” va “Web of Science”bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni – 13 ta, Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 25 ta, 2022-2023 o‘quv yilida Xalqaro konferensiyalardagi ilmiy tezislar soni – 30 ta, Respublika miqiyosidagi OAK e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar soni – 22 ta, Respublika miqiyosidagi konferensiyalardagi tezislar soni – 35 ta.

MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR:

Kafedra professor-o‘qituvchilari Prezident qarorlari, so‘zlagan nutqlari hamda asarlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan joylarda, jumladan tashkilot, korxona hamda mahallarda reja asosida va rejadan tashqari targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib  borishmoqda.

Kafedra professori G.J.Tulenovaning Janubiy Koreyaning Kukmin universitetiga 2023 yil  3-10  dekabr kunlari qisqa muddatli malaka oshirganligi va orttirgan tajribalari haqidagi kafedra a’zolariga  ma’lumot berdi. Xususan, TATU va Kukmin universitetlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanganligi, mazkur universitetning ta’lim tizimi, fakultetlar va mutaxassislar tayerlanadigan yo‘nalishlar, universitetning moddiy-texnik bazasi, kutubxonasi, o‘quv binolari, laboratoriyalari va ularda darsni innovatsion ko‘rinishda o‘tkazish amaliyoti, sport maydonlari haqida batafsil gapirib berdi. So‘ngra xizmat safari doirasida eshitilgan ma’ruzalar mavzulari, ularda ko‘tarilgan masalalar haqida axborot berdi.

 

 

Kafedra PO‘lari tomonidan universitetning faollar zalida 2024-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari oliygoh xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokidaga “Korrupsiya davlat tuzumini ichidan yemiradigan ijtimoiy barqarorlik kushandasidir” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda kafedraning barcha PO‘lari ishtirok etishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari G.Tulenova va B.Boboyorovlar tomonidan ma’ruzlar qilindi hamda universitet rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.

 

 

 

Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida universitetning rahbar hodimlari va barcha pedagog jamoasiga “Jadidlar: tarihi, hayoti va milliy istiqlol uchun kurash g‘oyalari” mavzuida ailmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Gumanitar fanlar kafedrasi professori N.R.Mahkamova Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, tarixi va mohiyati.haqida malumot berdi. Tadbir boshida “Turkiston muhtoriyati haqidagi video rolik namoish etildi.

 

 

Kafedra manzili: B-blok, 4-qavat, 414-xona