![]() |
|
| Ism Şarifi: | Tulyaganov Аbduxalil Аbdujalilovich |
| Tuğilgan sana: | dd-mm-yyyy |
| Tuğilgan joyi: | - |
| Ilmiy unvoni: | Texnika fanlari nomzodi (PhD) |
| Ta’lim: | Toşkent elektrotexnika aloqa instituti |
| Yönaliş: | - |
| Mutaxasisligi: | Informatika,şu jumladan kompyuter tarmoqlari. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi (PhD)
Umumiy mehnat staji 40 yil. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida 1981-2010 yillarda, 2010-2016 Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Аkademiyasi va mazkur lavozimda 2016 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
U faoliyati davomida ilmiy, ilmiy-amaliy saviyasini oşiriş, ular örtasida sohaga oid bilim va könikmalarni şakillantiriş, soha korxonalari bilan hamkorlik doiralarida ilmiy, ilmiy-amaliy loyihalarda faolit olib boriş, malakatimizning rivojlanib kelayotgan yoşlarning millatimiz maʼnaviyati va qadriyatlarini keng tarğib qiliş, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyğularini yuksaltiriş, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, yoşlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş işlarida öz hissasini qöşib kelmoqda.
1992 yildan buyon – texnika fanlari nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasini 1992 yil 12 fevralda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Кибернетика» işlab çiqariş birlaşmasi (UzNPO) D 015.12.01 Ixtisoslaştirilgan birlaşgan kengaşida «Texnik tizimlarda boşqaruv» 05.13.01 va «Radiotexnik va televizion tizimlar va qurilmalar» 05.12.17 mutaxassisliklari böyiça: «Разработка принципов рационального построения адаптивно-управляемых ТВ систем на крупных региональных телецентрах (Yirik mintaqaviy telemarkazlarda adaptiv-boşqaruvdagi televizion tizimlarning ratsional qurilişi tamoyillarini işlab çiqiş)» mavzusida himoya qilgan.
1992 yil 8 maydan buyon texnika fanlari nomzodi - KD 059019 sonli diplom. Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi nostrifikatsiyasi PhD -01 № 013908 sonli diplom 2015 yil 22 dekabrь. 1994 yil 24 noyabrdan buyon dotsent - OZ 001582 sonli attestat. 2016 yil 2 fevraldan buyon professor - 05 № 002766 sonli attestati.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik va öquv qöllanmalari taʼlim jarayonida qöllab kelinmoqda:
- Tulyaganov A.A., Nazarov A.M., Abduazizov A.A., Faziljanov I.R., Yarmuhamedov A.A., Yusupov Ya.T. Signallarni uzatiş nazariyasi: Öquv qöllanma. – T.: «Aloqaçi», 2019, 304 b. ISBN 978-9943-5570-5-5 (grifli).
- Tulyaganov А.А., Parsiev S.S., Tulyaganova V.А., Аbdullaev U.M. “Elektr zanjirlar nazariyasi” (Öquv qöllanma). T.: Aloqaçi, 2018, 144 b. ISBN 978-9943-5145-2-2.
- Tulyaganov A.A., Fayziyev J.N., Roziqov M.M., Mirzamaxmudov M.X. Talim sifatini oşirişda innovatsion texnologiyalarning örni. Jurnal «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari”. 2017, №1(1), 77-80 b.
- Tulyaganov A.A., Egamberdiyev M.P. RF-5800 H-MP radiostansiyasi. Öquv qöllanma. T.: Aloqaçi, 2019, 132 b. ISBN 978-9943-5570-4-8.
- F.S.Аgzamov, А.Q.Ergashev, А.А.Tulyaganov, N.X.Gulьturaev. Öquv adabiyotlarni işlab çiqiş va naşr etişga tayyorlaş böyiça uslubiy körsatmalar. T.: «Aloqaçi», 2018, 48 b.
А.А.Tulyaganov “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeşittiriş, Mobil tizimlar)”, “5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) va “5330300 – Аxborot xavfsizligi (sohalar böyiça) taʼlim yönalişlari böyiça davlat taʼlim standartini tuzişda iştirok etib, “Elektronika va sxemalar 1”, “Elektronika va sxemalar 2”, “Raqamli qurilmalarni loyihalaşga kiriş”, “Tizimlar va signallarni qayta işlaş” fanlarining namunaviy dasturlari va öquv-uslubiy majmualarni işlab çiqişda qatnaşgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 nafar fan nomzodi (PhD)ga, qator bakalavriatura va magistratura talabalari bitiruv malakaviy işlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
U har yili universitetning respublika miqyosida ötkaziladigan ilmiy-uslubiy konferentsiyasida masʼul kotib, hamda universitet iqtidorli talabalar, magistrlar, mustaqil izlanuvçilar va professor öqituvçilar ilmiy va kasbiy faoliyalarini namoyon etiş maqsadida ötkaziladigan tadbirlarda faol iştirok etib kelmoqda.
А.А.Tulyaganov özining ilmiy faoliyati doirasida 1 ta fundamental loyihada (BV-F3 004, 2017-2020), hamda 1ta xalqaro (“Intellektual transport tizimlari. Özbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi magistratura dasturi”, 2017-2020 yy.) loyihalarida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.
А.А.Tulyaganov OАK tasarrufiga kiruvçi TАTU “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” ilmiy texnik va Mudofaa vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining “Harbiy aloqa va АKT Xabarlari” ilmiy uslubiy jurnallarida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
А.А.Tulyaganov kafedra professor-öqituvçilari bilan birgalikda “Özbektelekom АK Telekommunikatsiya va personalni rivojlantiriş markazi” bilan hamkorlik şartnomalari tuzilgan, hamda şu markazda kafedra filiali taşkil etilgan.
А.А.Tulyaganov boşçiligida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlariga yuqori malakali va har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatga ega ofitser kadrlarni tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş, öquv-tarbiya jarayoni sifatini oşirişda faol iştirok etib kelmoqda. А.А.Tulyaganov Özbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi PhD.34/30.12.2019.t.58.01 raqamli ilmiy kengaş va kengaş qoşidagi ilmiy seminar aʼzosi hisoblanadi.
А.А.Tulyaganov mamlakatimizda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etilib kelinayotgan va olib borilayotgan yoşlarga oid davlat siyosati doirasida ularni mamlakat manfaatlari yölida erkin ijtimoiylaşuvi va özini samarali namoyon etişi uçun maqbul şaroit va imkoniyat yaratiş borasida davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlantiriş, raqobatbardoşligini taʼminlaş, milliy xavfsizligini mustahkamlaşni közda tutuvçi siyosatning dasturiy, taşkiliy, siyosiy va iqtisodiy mexanizmlariga tayangan holda talaba-yoşlarni ilmli, masʼuliyatli va fidoyi qilib tarbiyalaş hamda yetuk mutaxassis bölib yetişişlarida özining munosib hissasini qöşişib kelmoqda.
Professor Tulyaganov А.А. horijiy öquv yurtlari kompaniyalari mutaxassislari tomonidan taşkil etilgan öquv kurslarida öqigan bölib, ular tomonidan joriy etilgan sertifikatlarga ega. Jumladan: АQSh “Harris” kompaniyasi (2001, 2002 yillar), АQSh “Datron” kompaniyasi (1999 y.), Turkiya boş ştabi (2002 y.), Аvstraliya “Codan” kompaniyasi (2009 y.). 2019 yilda Boş ilmiy-metodik markazda 288 soatli “Taʼlim tizimi menejmenti” kursi (sertifikat MА № 024569, 2019 yil 28 dekabr)da malaka oşirgan.
А.А.Tulyaganov xalqaro va respublika miqyosidagi qator ilmiy anjumanlarda özining ilmiy maʼruzalari bilan iştirok etib kelmoqda.
Öz ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 84 ta ilmiy işlar, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 70 ta, jumladan davlat tilida 11 ta öquv qöllanma, 30 ta ilmiy işlar, 26 ta öquv-uslubiy işlar va 3 ta darslik (2tasi rus tilida) çop etilgan.
Xozirgi kunda professor Tulyaganov А.А. 3 nafar mustaqil ilmiy izlanuvçilarga rahbarlik qilib kelmoqda.
Tulyaganov А.А. 2008 yilda “Döstlik” ordeni, "Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi", "Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi", "Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi", "Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari 15 yilligi", "Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari 20 yilligi" kökrak nişonlari, ÖR Mudofaa vazirining faxriy yorliqlari (30.09.1998 y. va 25.08.2001 y.), ÖR aloqa va axborotlaştiriş Аgentligi boş direktorining faxriy yorliği (2004 yil 14 yanvarь), Yunusobod rayon hokimi faxriy yorliqlari (14.01.1998 y., 17.03.2001 y.), Yunusobod mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti raisi faxriy yorliği (16.01.1998y.), TАTU Maxsus fakulьteti boşliğining qator faxriy yorliqlari va ÖR QK Аkademiyasi boşliği hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU rektorining minnatdorçiliklari bilan taqdirlangan.
