Tulyaganov Аbduxalil Аbdujalilovich

  • Home
  • Tulyaganov Аbduxalil Аbdujalilovich
Ism Sharifi: Tulyaganov Аbduxalil Аbdujalilovich
Tug‘ilgan sana: dd-mm-yyyy
Tug‘ilgan joyi: -
Ilmiy unvoni: Texnika fanlari nomzodi (PhD)
Ta’lim: Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Yo‘nalish: -
Mutaxasisligi: Informatika,shu jumladan kompyuter tarmoqlari.

 

   Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi (PhD)

   Umumiy mehnat staji 40 yil. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1981-2010 yillarda, 2010-2016 Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Аkademiyasi va mazkur lavozimda 2016 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

   U faoliyati davomida ilmiy, ilmiy-amaliy saviyasini oshirish, ular oʼrtasida sohaga oid bilim va koʼnikmalarni shakillantirish, soha korxonalari bilan hamkorlik doiralarida ilmiy, ilmiy-amaliy loyihalarda faolit olib borish, malakatimizning rivojlanib kelayotgan yoshlarning millatimiz maʼnaviyati va qadriyatlarini keng targʼib qilish, vatanparvarlik va millatparvarlik tuygʼularini yuksaltirish, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarida oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda.

   1992 yildan buyon – texnika fanlari nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasini 1992 yil 12 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Кибернетика» ishlab chiqarish birlashmasi (UzNPO) D 015.12.01 Ixtisoslashtirilgan birlashgan kengashida «Texnik tizimlarda boshqaruv» 05.13.01 va «Radiotexnik va televizion tizimlar va qurilmalar» 05.12.17 mutaxassisliklari boʼyicha: «Разработка принципов рационального построения адаптивно-управляемых ТВ систем на крупных региональных телецентрах (Yirik mintaqaviy telemarkazlarda adaptiv-boshqaruvdagi televizion tizimlarning ratsional qurilishi tamoyillarini ishlab chiqish)» mavzusida himoya qilgan.

   1992 yil 8 maydan buyon texnika fanlari nomzodi - KD 059019 sonli diplom. Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi nostrifikatsiyasi PhD -01 № 013908 sonli diplom 2015 yil 22 dekabrь. 1994 yil 24 noyabrdan buyon dotsent - OZ 001582 sonli attestat. 2016 yil 2 fevraldan buyon professor - 05 № 002766 sonli attestati.

   Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik va oʼquv qoʼllanmalari taʼlim jarayonida qoʼllab kelinmoqda:

- Tulyaganov A.A., Nazarov A.M., Abduazizov A.A., Faziljanov I.R., Yarmuhamedov A.A., Yusupov Ya.T. Signallarni uzatish nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2019, 304 b. ISBN 978-9943-5570-5-5 (grifli).

- Tulyaganov А.А., Parsiev S.S., Tulyaganova V.А., Аbdullaev U.M. “Elektr zanjirlar nazariyasi” (O‘quv qo‘llanma). T.: Aloqachi, 2018, 144 b. ISBN 978-9943-5145-2-2.

- Tulyaganov A.A., Fayziyev J.N., Roziqov M.M., Mirzamaxmudov M.X. Talim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Jurnal «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari”. 2017, №1(1), 77-80 b.

- Tulyaganov A.A., Egamberdiyev M.P. RF-5800 H-MP radiostansiyasi. O‘quv qo‘llanma. T.: Aloqachi, 2019, 132 b. ISBN 978-9943-5570-4-8.

- F.S.Аgzamov, А.Q.Ergashev, А.А.Tulyaganov, N.X.Gulьturaev. Oʼquv adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishga tayyorlash boʼyicha uslubiy koʼrsatmalar. T.: «Aloqachi», 2018, 48 b.

   А.А.Tulyaganov “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar)”, “5330500 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) va “5330300 – Аxborot xavfsizligi (sohalar boʼyicha) taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha davlat taʼlim standartini tuzishda ishtirok etib, “Elektronika va sxemalar 1”, “Elektronika va sxemalar 2”, “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanlarining namunaviy dasturlari va oʼquv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda qatnashgan.

   Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 nafar fan nomzodi (PhD)ga, qator bakalavriatura va magistratura talabalari bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.

   U har yili universitetning respublika miqyosida oʼtkaziladigan ilmiy-uslubiy konferentsiyasida masʼul kotib, hamda universitet iqtidorli talabalar, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar va professor oʼqituvchilar ilmiy va kasbiy faoliyalarini namoyon etish maqsadida oʼtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

   А.А.Tulyaganov oʼzining ilmiy faoliyati doirasida 1 ta fundamental loyihada (BV-F3 004, 2017-2020), hamda 1ta xalqaro (“Intellektual transport tizimlari. Oʼzbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi magistratura dasturi”, 2017-2020 yy.) loyihalarida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.

   А.А.Tulyaganov OАK tasarrufiga kiruvchi TАTU “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” ilmiy texnik va Mudofaa vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining “Harbiy aloqa va АKT Xabarlari” ilmiy uslubiy jurnallarida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

   А.А.Tulyaganov kafedra professor-oʼqituvchilari bilan birgalikda “Oʼzbektelekom АK Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan, hamda shu markazda kafedra filiali tashkil etilgan.

   А.А.Tulyaganov boshchiligida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga yuqori malakali va har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatga ega ofitser kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʼquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. А.А.Tulyaganov Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.34/30.12.2019.t.58.01 raqamli ilmiy kengash va kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi hisoblanadi.

   А.А.Tulyaganov mamlakatimizda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etilib kelinayotgan va olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ularni mamlakat manfaatlari yoʼlida erkin ijtimoiylashuvi va oʼzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish borasida davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlantirish, raqobatbardoshligini taʼminlash, milliy xavfsizligini mustahkamlashni koʼzda tutuvchi siyosatning dasturiy, tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy mexanizmlariga tayangan holda talaba-yoshlarni ilmli, masʼuliyatli va fidoyi qilib tarbiyalash hamda yetuk mutaxassis boʼlib yetishishlarida oʼzining munosib hissasini qoʼshishib kelmoqda.

   Professor Tulyaganov А.А. horijiy oʼquv yurtlari kompaniyalari mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarida oʼqigan boʼlib, ular tomonidan joriy etilgan sertifikatlarga ega. Jumladan: АQSh “Harris” kompaniyasi (2001, 2002 yillar), АQSh “Datron” kompaniyasi (1999 y.), Turkiya bosh shtabi (2002 y.), Аvstraliya “Codan” kompaniyasi (2009 y.). 2019 yilda Bosh ilmiy-metodik markazda 288 soatli “Taʼlim tizimi menejmenti” kursi (sertifikat MА № 024569, 2019 yil 28 dekabr)da malaka oshirgan.

   А.А.Tulyaganov xalqaro va respublika miqyosidagi qator ilmiy anjumanlarda oʼzining ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

   Oʼz ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 84 ta ilmiy ishlar, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 70 ta, jumladan davlat tilida 11 ta oʼquv qoʼllanma, 30 ta ilmiy ishlar, 26 ta oʼquv-uslubiy ishlar va 3 ta darslik (2tasi rus tilida) chop etilgan.

   Xozirgi kunda professor Tulyaganov А.А. 3 nafar mustaqil ilmiy izlanuvchilarga rahbarlik qilib kelmoqda.

   Tulyaganov А.А. 2008 yilda “Doʼstlik” ordeni, "Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi", "Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi", "Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi", "Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 15 yilligi", "Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 20 yilligi" koʼkrak nishonlari, OʼR Mudofaa vazirining faxriy yorliqlari (30.09.1998 y. va 25.08.2001 y.), OʼR aloqa va axborotlashtirish Аgentligi bosh direktorining faxriy yorligʼi (2004 yil 14 yanvarь), Yunusobod rayon hokimi faxriy yorliqlari (14.01.1998 y., 17.03.2001 y.), Yunusobod mudofaaga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi faxriy yorligʼi (16.01.1998y.), TАTU Maxsus fakulьteti boshligʼining qator faxriy yorliqlari va OʼR QK Аkademiyasi boshligʼi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU rektorining minnatdorchiliklari bilan taqdirlangan.