Televizion va media texnologiyalar

  • Asosiy
  • Televizion va media texnologiyalar

Kafedra mudiri:

Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (15.00-17.00 gacha)
Telefon:  (+99871) 238-65-61, (+99871) 238-65-47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 apreldagi "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1088-sonli Qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Televizion texnologiyalari” fakultetiga asos solingan.

2011 yildan boshlab "Televizion texnologiyalari” fakultetida 2011-2012 o‘quv yilida "Kompyuter grafikasi va dizayn” va "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jihozlari” mutaxassislik kafedrasiga asos solindi. 2012 yilda "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jihozlari” kafedrasi nomi "Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi nomiga o‘zgartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi VMQ-188-sonli Qaroriga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universiteting tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritilganligi tufayli, 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab "Kompyuter grafikasi va dizayn” kafedrasi nomi "Audiovizual texnologiyalari” deb e’tirof etila boshlandi.

2023-yil 15-sentyabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kafedralar faoliyatini tugatish va yangi kafedralar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrugʻiga asosan “Telestudiya tizimlari va ilovalari” va “Audiovizual texnologiyalar” kafedralari birlashtirilib yangi “Televizion va media texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi.

 

 

 

 

KAFEDRA BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

60611100-Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”).

Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari quyidagi mutaxassisliklarga yo‘naltiriladi:

Teleoperator

Teleoperator televizion ko‘rsatuvlar, filmlar va boshqa videomahsulotlarni tasvirga olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Asosiy vazifalari kamera bilan ishlash, kadr kompozitsiyasini tanlash va tasvir sifatini nazorat qilish hisoblanadi. Teleoperatorlar:

  • Televideniye studiyalarida
  • Kinostudiyalarda
  • Reklama agentliklarida
  • Media va prodakshn markazlarida faoliyat yuritadilar

Maxsus yoritish muhandisi

Maxsus yoritish muhandisi studiya, kino va teleloyihalarda yoritish tizimlarini tashkil etuvchi mutaxassis hisoblanadi. Asosiy vazifalari yoritish uskunalarini o‘rnatish va sozlash, yorug‘likni boshqarish hamda tasvir sifatini yaxshilashdan iborat. Maxsus yoritish muhandislari:

  • Televideniye studiyalarida
  • Kinopavilyonlarda
  • Teatrlarda
  • Konsert zallarida
  • Media markazlarida faoliyat yuritadilar.

Videomontaj muhandisi

Videomontaj muhandisi videomateriallarni qayta ishlash, montaj qilish hamda tasvir va ovozni birlashtirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Asosiy vazifalari videomahsulotlarni tahrirlash, maxsus effektlar qo‘shish va tayyor mahsulot sifatini ta’minlashdan iborat. Videomontaj muhandislari:

  • Telekanallarda
  • Kinostudiyalarda
  • Reklama agentliklarida
  • Media va kontent yaratish markazlarida faoliyat yuritadilar.

Kompyuter grafikasi muhandisi

Kompyuter grafikasi muhandisi grafik dizayn, animatsiya va vizual effektlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Asosiy vazifalari televideniye, kino va boshqa media mahsulotlari uchun grafik elementlar ishlab chiqish hamda vizual kontent yaratishdan iborat. Kompyuter grafikasi muhandislari:

  • Televideniye kompaniyalarida
  • Animatsiya studiyalarida
  • IT va dizayn kompaniyalarida
  • Reklama agentliklarida faoliyat yuritadilar.

Ovoz yozish muhandisi

Ovoz yozish muhandisi audio mahsulotlarni yozib olish, qayta ishlash va sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Asosiy vazifalari ovoz yozish jarayonini tashkil etish, audio materiallarni tahrirlash va professional sifatdagi ovoz mahsulotlarini tayyorlashdan iborat. Ovoz yozish muhandislari:

  • Tele va radiostudiyalarda
  • Ovoz yozish studiyalarida
  • Kinostudiyalarda
  • Konsert va tadbirlar tashkilotlarida faoliyat yuritadilar.

 

KAFEDRA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

70610701- Televizion texnologiyalar;

70611101 - Multiplikatsion filmlar texnologiyalari;

70210402 - Kompyuter grafikasi va dizayn;

70611006 - Audio-videotexnologiyalar;

70611007 - Maxsus yoritish texnologiyalari.

 

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 apreldagi "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1088-sonli Qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Televizion texnologiyalari” fakultetiga asos solingan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining buyrugʻiga asosan 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab "Televizion texnologiyalari” fakultetida "Kompyuter grafikasi va dizayn” va "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jixozlari” mutaxassislik kafedralari tashkil etildi.

"Kompyuter grafikasi va dizayn” mutaxassislik kafedrasini 2011 yilda texnika fanlari doktori F.M.Nuraliyev kafedra mudiri sifatida boshqara boshladi.  Ushbu mutaxassislik kafedrasida quyidagi: “Kompyuter grafikasi va dizayn”; “Audio-video texnologiyalar”; “Ovoz yozish texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va 2012-2014 o‘quv yillarida “Kompyuter grafikasi va dizayn” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlangan. Kafedraning ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim standartlarini ishlab chiqish, o‘quv rejalarini hamda o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minotini shakllantirish va kafedra o‘quv-uslubiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda texnika fanlari doktori Sh.A.Nazirov, texnika fanlari doktori F.M.Nuraliyev, ximiya fanlari nomzodi T.X.Raximovlarning xizmatlarini alohida e’tirof etish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi VMQ-188-sonli Qaroriga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universiteting tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritilganligi sababli, 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab "Kompyuter grafikasi va dizayn” kafedrasi nomi "Audiovizual texnologiyalari” deb nomlana boshlandi hamda mazkur yildan "Televidenie, radio eshittirish studiyalari va jixozlari” kafedrasi nomi "Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi nomiga o‘zgartirildi.

“Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasiga 2011 yildan О’zbekiston kino arboblari, jurnalistlari va Rossiya kinematografistlari Uyushmasi a’zosi, Rossiya kinooperatorlar gildiyasi boshqarma azosi, professor Batir Joldasovich Bazarbayev mudirlik qilib keldi. Ushbu mutaxassislik kafedrasida “Kinoteleoperatorlik” va “Maxsus yoritish texno-logiyalari” ta’lim yо’nalishlari bо’yicha MTRK korxonalari uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlangan.

2013-2014 о’quv yilidan boshlab “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasiga fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Muxamadiyev Abdivali Shukurovich boshqara boshladi. 2013 yilda rivojlangan davlatlarning turdosh oliy ta’lim mussasalari tajribasi asosida “Televizion texnologiyalar” (“Audiovizual texnologiyalar”) bakalavriat ta’lim yо’nalishining о’quv rejasi, ta’lim standarti va malaka talablari ishlab chiqildi va shu yildan boshlab bu kafedrada “Televizion texnologiyalar” (“Audiovizual texnologiyalar”) bakalavriat ta’lim yо’nalishi bо’yicha kadrlar tayyorlay boshlandi.

2017-2018 о’quv yilidan boshlab kafedrada  “Audiotexnologiyalar” va “Videotexnologiyalar” magistratura mutaxassisliklari bо’yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlash yо’lga qо’yildi. Bu magistratura mutaxassisliklarining о’quv rejalari rivojlangan davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari (Koreya Respublikasi, Yaponiya, Buyuk Britaniya)ning ijobiy tajribalari va soha korxonalarining takliflari asosida shakllantirildi. Magistrantlarga  о’qitiladigan mutaxassislik fanlarining sifati darajasini oshirish maqsadida kafedraning ilmiy salohiyatli professor-о’qituvchilari texnika fanlari doktorlari F.M.Nuraliyev, Sh.A.Anarova, S.S.Beknazarova, fizika-matematika fanlari nomzodi A.SH.Muxamadiyevlar bilan bir qatorda universitet huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markaz”ning yetakchi xodimlari - texnika fanlari doktori N.Ravshanov, texnika fanlari doktori N.Mirzayevlar о’quv jarayoniga jalb qilindi.

2022-2023 o‘quv yilida AVT kafedrasini Beknazarova Saida Safibullaevna texnika fanlari doktori, professor boshqargan.

2023-yil 15-sentyabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kafedralar faoliyatini tugatish va yangi kafedralar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrugʻiga asosan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab “Audiovizual texnologiyalar” va “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedralari birlashtirilib yangi “Televizion va media texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedraga texnika fanlari doktori, professor F.M.Nuraliyev kafedra mudiri etib tayinlandi va hozirda faoliyat olib bormoqda. Televizion va media texnologiyalar kafedrasida 60611100 - "Televizion texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va quyidagi: 70610701-Televizon texnologiyalar mutaxassisligi; 70611101-Multiplikatsion filmlar texnologiyalari mutaxassisligi; 70210402- Kompyuter grafikasi va dizayn mutaxassisligi; 70611006-Audio-videotexnologiyalar mutaxassisligi; 70611007-Maxsus yoritish texnologiyalari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

 

 

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

 

Bakalavriat:

Kompyuter grafikasi

Kompyuter grafikasi paketlari

Massmedia va TV jurnalistikasi

Audio yozish va montaj

Kreaktiv dizayn va web sa’nat

Virtual reallik asoslari

UI/UX dizayn

Muhandislik grafikasi

Kinoteledramaturgiya va rejissura asoslari

Maxsus effektlar

Media mahsulotlarni yaratish texnologiyalari

Motion grafika

Ovoz va tasvirlarni qayta ishlash

Yoritish texnologiyalari

Raqamli media va Tv texnologiyalari

Kreativ kamera seminari

Televizion ishlab chiqarish

Vizual kontentni audio qo‘llab-quvvatlash texnologiyalari

Audio va video ma’lumotlarida sun’iy intellekt

Raqamli animatsion texnologiyalar

Multiplikatsiya mahsulotlari yaratish texnologiyalari

Raqamli kamera seminari

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

3D modellashtirish va vizualiztatsiya

Akustikaning nazariy asoslari

TV va kinoindustriyada raqamli texnologiyalar

Ko‘p kamerada suratga olish texnologiyasi

Kinotelekompozitsiya qurish texnologiyalari

Muhandislik va kompyuter grafikasi

Media mahsulotlarda vizual maxsus effektlar

Audiomalumotlarni qayta ishlash

Kinotelekompozitsiya qurish texnologiyalari

Audio-video post production

Ekran tasvirining audio vizualizatsiyas

Raqamli videokameralar

Mobolografiya

Zamonaviy kino va TV

Raqamli televideniye tizimlar

Gologramma asoslari

 

Magistratura:

Tasvirlarni qayta ishlash va modellashtirish

Film televideniya va raqamli mahsulotlar ishlab chiqish 

Amaliy mexanika

Qattiq jismlar mexanikasi

Kompyuter ko‘rish va timsollarni aniqlash

Nazariy mexanika

Intellektual audio, video tizimlar

Virtual muhitlar

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

asosiy:

Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich
Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich

texnika fanlari doktori, professor

Beknazarova Saida Safibullayevna
Beknazarova Saida Safibullayevna

texnika fanlari doktori, professor

Mirzayev Nomoz
Mirzayev Nomoz

texnika fanlari doktori, professor

Umarova Dildora Baxtiyorovna
Umarova Dildora Baxtiyorovna

PhD, dotsent v.b.

Yusupova Natalya Yuryevna
Yusupova Natalya Yuryevna

PhD, dotsent v.b.

Ismailov Komolitdin Saidaxmadovich
Ismailov Komolitdin Saidaxmadovich

PhD, dotsent v.b.

Tastanova Saida Aldiyarovna
Tastanova Saida Aldiyarovna

PhD, dotsent v.b.

Saliyev Marat Maxmudovich
Saliyev Marat Maxmudovich

katta o‘qituvchi

Modullayev Jahongir Sobir o‘g‘li
Modullayev Jahongir Sobir o‘g‘li

katta o‘qituvchi

Dadaboyeva Dilnoza Irkinovna
Dadaboyeva Dilnoza Irkinovna

katta o‘qituvchi

Ibodullayev Sardor Nasriddin o‘g‘li
Ibodullayev Sardor Nasriddin o‘g‘li

katta o‘qituvchi

Jaumitbaeva Mexriban Karamatdin kizi
Jaumitbaeva Mexriban Karamatdin kizi

katta o‘qituvchi

Nurimbetov Baxbergen Tolibaevich
Nurimbetov Baxbergen Tolibaevich

katta o‘qituvchi

Zaitov Samandar Ravshanbekovich
Zaitov Samandar Ravshanbekovich

assistant

Aralov Jumamurod Farhod O‘g‘li
Aralov Jumamurod Farhod O‘g‘li

staj.o‘qituvchi

Xasanova Kamila Baxromovna
Xasanova Kamila Baxromovna

staj.o‘qituvchi

Karimbayeva Aziza Saidazim qizi
Karimbayeva Aziza Saidazim qizi

staj.o‘qituvchi

 

 

 

 

O‘rindoshlar:

Turayev Botir Zokirovich
Turayev Botir Zokirovich

texnika fanlari doktori, professor

Narzulloyev Oybek Mirzayevich
Narzulloyev Oybek Mirzayevich

PhD, dotsent

Nabiyev Ilhomdjon Sharifovich
Nabiyev Ilhomdjon Sharifovich

katta o‘qituvchi

Usmonov Аkbаrjon Ibroxim o‘g‘li
Usmonov Аkbаrjon Ibroxim o‘g‘li

katta o‘qituvchi

Joldasov Shaxislam Batirovich
Joldasov Shaxislam Batirovich

katta o‘qituvchi

Inoyatov Mirzayor Baxtiyor ug‘li
Inoyatov Mirzayor Baxtiyor ug‘li

assistant

Allanyazov Yerpolat Bahavedinovich
Allanyazov Yerpolat Bahavedinovich

assistent

Sultonova Munojat Toirovna
Sultonova Munojat Toirovna

assistant

Jiyenbayeva Nagima Kayratdin qizi
Jiyenbayeva Nagima Kayratdin qizi

assistant

Omonova Parvina Sayfiddin qizi
Omonova Parvina Sayfiddin qizi

staj.o‘qituvchi

Sulaymonov Elboy Axtamovich
Sulaymonov Elboy Axtamovich

staj.o‘qituvchi

 

KAFEDRANING ILMIY VA AMALIY HAMKORLARI

  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
  • “O‘zbekkino” milliy agentligi
  • “O‘zbekfilm” kinostudiyasi
  • O‘zbekiston ilmiy-ommabop va xujjatli filmlar studiyasi
  • “O‘zbektelefilm” Davlat Unitar Korxonasi
  • JICA(Japan International Cooperation Agency)- Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi
  • KUMA (Korea university of media arts)- Koreya media san’at universiteti
  • Al Farobiy Nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti
  • Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
  • Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
  • Toshkent radio va televideniya kasb hunar kolleji
  • Shakarim Universiteti

 

KAFEDRADA BAJARILGAN va BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR) RO‘YXATI:

Nuraliyev F.M. - fizika – № А-5-026 «Mediaedu.UZ mediata’lim tizimining modellari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish» (2015-2017)

Anarova Sh.А. - № BА-А5-014 Murakkab fraktal tuzilishlarni R - funksiya vа arifmetik hususiyatlar nazariyasiga asosan analitik bayon etishning avtomatlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish (2017-2018)

Beknazarova S.S. - № BV-Аtex-2018-267 – Xalqaro to‘lov tizimlar integrasiyalashgan milliy electron maydonchasini ishlab chiqish va amalga oshirish (2018-2020)

Anorova Sh.A. - № FZ-2019081212 “O‘zbek milliy naqshlarida murakkab fraktal tuzilishlarni bayon etishni geometrik modellashtirish texnologiyasini ishlab chiqarish”(2020-2021 yillar).

Nuraliyev F.M. - ИЛ-4721071198 “3D texnologiyalar asosida axborot texnologiyalari bo‘yicha milliy virtual universitet tizimini yaratish” innovatsion loyiha(2022-2023)

 

ILMIY TADQIQOT ISHLARINING NOMLARI:

 

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari

Beknazarova Saida Safibullayevna, mavzu: «TIAV-multimedia tizimlarida axborot resurslarini diskret-uzluksiz ishlashni modellash usullari», 05.13.04 – “Kompyuterlar, komplekslar va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti”, Ilmiy maslahatchi - dotsent, f.-m.f.d., prof. K.P. Abduraxmanov.

Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich, mavzu: «R-funksiyasi usuli yordamida elektromagnit maydonlarning ta’sirlanish jarayonlarini yupqa Supero‘tkazuvchilar jismlarga matematik modellashtirish», 05.01.07 – "Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui". Ilmiy maslahatchi – f.-m.f.d., prof. Sh.A.Nazirov.

To‘rayev Botir Zokirovich, - dissertasiya ishning mavzusi: «Bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari mutahassislari kasbiy kompetentligini shakllantirishning innovatsion metodik tizimi», 13.00.07 – "Aniq va tabiy fanlarni o‘qitish metodikasi ". Ilmiy rahbar - nomzodlik, prof. A.A.Abduqodirov.

Anarova Shahzoda Amanbaevna, mavzu: « Murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanish masalalarining chiziqli va geometrik nochiziqli matematik modellari va yechish algoritmlari», 05.01.07 – "Matematik modellashtirish. Raqamli usullar va dastur komplekslari" Ilmiy maslahatchi – t.f.d, prof. T.Yuldashev.

Muxamadiyev Abdivali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori (nostrifikatsiya) ilmiy darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Al-Farobiy nomidagi Qozoq miliy universiteti (Qozogiston) ilmiy kengashining qaroriga asosan berildi, 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui».

PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari

Umarova Dildora Baxtiyarovna, - dissertatsiya ishning mavzusi: "Mustaqillik davri O‘zbekiston rang tasvirining asosiy tendensiyalari", 17.00.04 – "Tasviriy va amaliy bezak san’ati". Ilmiy rahbar - san’atshunoslik fanlari doktori, O‘zBA akademigi N.R.Ahmedova.

Mamadaliyev Xusniddin Abdijalilovich, - dissertatsiya ishning mavzusi: « Massa sarfi disbalansi sharoitlarida magistral gaz quvuri orqali gaz tashish rejimini tahlil qilishning model va algoritmlari», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui». Ilmiy rahbar - t.f.d., prof. I.Q.Xo‘jaev.

Narzulloyev Oybek Mirzayevich, - dissertasiya ishning mavzusi: “Fraktal tuzilishli obyektlarni geometrik modellashtirish” 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va komp’yuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari”. Ilmiy maslahatchi – t.f.d., prof. F.M.Nuraliyev.

Kayumova Gulshan Asrorovna, - dissertasiya ishning mavzusi: «Fraktal pedagogika tamoyillari asosida «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitishda axborot modellarini va baholash usulini ishlab chiqish», 05.01.01 – «Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari». Ilmiy rahbar - t.f.d., prof. S.S. Beknazarova.

Giyosov Ulug‘bek Eshpulatovich, - dissertasiya ishning mavzusi: «Virtual universitet tashkil qilishda 3D modellarini yaratish va dasturiy vositasini ishlab chiqish», 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti”. Ilmiy rahbar - t.f.d. prof. F.M.Nuraliyev.

Ismailov Kamolitdin Saidaxma"dovich, - dissertatsiya ishning mavzusi: «Zamonaviy o‘zbek hujjatli kinosida film-portret janri», 17.00.03 – «Kino san’ati. Televideniye». Ilmiy rahbar - s.f.d., prof. J.T.Teshabayev.

Tastanova Saida Aldiyarovna, - dissertasiya ishning mavzusi: «Fraktal tasvirlarni sintezlash algoritmlari» 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”. Ilmiy rahbar - t.f.d. prof. F.M.Nuraliyev.

KAFEDRANING ILMIY - USLUBIY ISHLARI:

  • Бекназарова, Д.Б. Умарова “Цифровые медиа и Тв технологии”. I,II часть. Учебное пособие.
  • M. Nuraliyev, U.E. Giyosov, S.N. Ibodullayev “Virtual reallikni vizuallashtirish”. O‘quv go‘llanma
  • A. Kayumova, S.S. Beknazarova, M.K. Jaumitbayeva, A.I. Usmonov, “Raqamli media va televizion texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanma. I qism
  • A. Kayumova, S.S. Beknazarova, B.E. Boymurodov, F.F. Saidov, “Raqamli media va televizion texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanma. II qism
  • Sh. Muxamadiyev “Videoga ishlov berish”. O‘quv go‘llanma
  • С.С.Бекназарова, М.К. Жаумытбаева “Мультипликационные технологии: технология цвета”. Учебное пособие
  • M. Nuraliyev Kompyuter grafikasi. Darslik.
  • С.С.Бекназарова “Прикладные пакеты создания мультфильмов”. Учебное пособие.
  • С.В. Абдурахимова, Б.Э. Боймуродов “Аудио видео монтаж”. Учебное пособие.
  • С.С.Бекназарова “Обработка видео”. Учебное пособие.
  • Sh. Muxamadiyev, J.S. Modullayev, S.N. Ibodullayev “Kompyuter grafikasi paketlari”. O‘quv go‘llanma.
  • S.Beknazarova, O.M.Narzullaev “Multfilm qahramonlarini yaratish texnologiyalari”. O‘quv go‘llanma
  • С.С.Бекназарова, А.Ш.Мухамадиев Современные технологии производства 2D и 3D мультфильмов. Учебник.
  • С.С.Бекназарова, О.С.Абдуллаева, С.Х. Абдуллаев, О.М. Нарзуллаев “Технологии создания мультипликационных персонажей”. Учебник
  • A. Anarova, F.M. Nuraliyev “Fraktallar nazariyasi va fractal grafika”. O‘quv go‘llanma
  • С.С.Бекназарова “Цифровые медиа и телевизионные технологии”. I,II часть. Учебное пособие.




KAFEDRANING Ma’naviy - ma’rifiy ISHLARI:

 

 

Kafedra manzili: B - blok, 3- etaj, 300, 301, 302, 303, 304, 305, 306, 307, 308, 309, 310, 311, 313 - xonalar

Кафедра логотипи

 

 

 

So‘nggi yangilanish: 19.06.2026 11:04