Teleradioeşittiriş tizimlari

Kafedra mudiri:

PhD, Narzulloyev Oybek Mirzayevich

Qabul vaqti: Duşanba-Juma (14.00-16.00)
Telefon:(+99871) 238-64-38

KAFEDRA TARIXI

"Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi 2010 yil 3 sentabrda "Antenna-fider qurilmalari” hamda "Televidenie va radioeşittiriş” kafedralarining birlaşişi natijasida taşkil etilgan.

"Antenna – fider qurilmalari” kafedrasiga (avvalgi Texnik elektrodinamika va antennalar)  1965 yilda "Radioaloqa va radioeşittiriş” fakulteti tarkibida "Elektrotexnikaning nazariy asoslari” va "Radiotexnikaning nazariy asoslari” kafedralarining qayta taşkil etilişi natijasida asos solingan. Dastlab kafedra texnika fanlari nomzodi, dotsent Likonsev Nikolay Nikolaevich rahbarligi ostida faoliyatini boşlagan. U kafedrada elektrodinamika va antenna-fider qurilmalari öquv – texnik laboratoriyalarini taşkil etişda, öquv-uslubiy qöllanmalarni çop etişda katta hissa qöşgan.

Keyinçalik 1967-1979 yillarda Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Tsitovich Petr Aleksandrovich, 1979-1989 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Bezkakotova Tatyana Borisovna, 1988-2003 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Gabzalilov Galiy Faxretdinovich, 2003-2010 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Likonsev Dmitriy Nikolaevichlar kafedra mudir lavozimida faoliyat körsatganlar. Bu davr oraliğida kafedrada texnika fanlari nomzodi, dotsent Gan Svetlana Pavlovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent Serova Galina Sergeevna, texnika fanlari nomzodi Solovev Evgeniy Vitalevich, öqituvçilar Smirnov Aleksandr Borisovich, Rusinkevich Zoya Edmundovna, Bitkov Vladimir Abramovichlar faoliyat yuritganlar.

“Televideniya va radioeşittiriş” kafedrasi 1960 yilda “Radioaloqa va radioeşittiriş” fakulteti tarkibida mutaxassislik kafedrasi sifatida taşkil etildi. Ungа dotsent K.N. Matvienko (1960–1964 y.), t.f.n., dotsent Li Sen-San (1964–1969 y.), katta öqituvçi M.N. Vaulin (1969–1970 y.), Özbekistonda xizmat körsatgan radist, dotsent Sh.Z. Tojiboev (1970–1980 y., 2002–2009 y.), t.f.d., professor Yu.S. Sagdullaev (1980–2001 y.) mudirlik qildilar.

 

 

Sönggi davr oraliğida kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent T.G.Raximov (2008-2011 y.), t.f.n., dotsent V.A.Gubenko (2011-2012 y.), t.f.n., dotsent A.A. Yarmuxamedov (2012-2013 y.), t.f.n., dotsent Z.T.Xakimov (2013-2014 y.), katta öqituvçi A.Sh.Shaxobiddinov (2013-2014 y.), t.f.n., dotsent X.S. Soatovlar (2014-2017), t.f.d., professor B.N. Raximov (2017-2019), PhD, dotsent X.X. Nosirov (2019-2020), U.A. Umarov (2020-2022), PhD., A.A. Berdiyev (2022-2025) hamda PhD., O.M. Narzulloyevlar (2025-h.v.) mudir etib tayinlandilar.

1970 yilda kafedra qoşida birinçi ilmiy-tekşiriş laboratoriyasi taşkil etildi. Laboratoriyaga texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.Z. Tojiboev ilmiy rahbarlik qildi. Laboratoriyada 1977–1982 yillarda dotsent Sh.Z. Tojiboev rahbarligida zaryad orqali aloqa yarim ötkazgiç asboblardan foydalanib birinçi rangli televizion kamera­ning tajribaviy nusxasi yaratildi. Zaryadli aloqa asbobli videokameralarga bölgan qiziqiş keng kölamda ilmiy tadqiqotlarni jadallaştirdi. Koinotni tadqiq qiliş ilmiy institutida akademik G.A. Sagdullaev, Toşkentdagi “Koinot” konstruktorlik byurosida akademik Sh.A. Vahidov, Özbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida akademik T.S. Yo‘ldoshev, Sh.A. Egamberdiev, Yadro fizikasi institutida akademik U.Ғ. G‘ulomovlar bilan birgalikda hamkorlik işlari amalga oşirildi. Natijada zaryad aloqa asbobli matritsada birinçi bölib televizion mikroskop, ilk televizion rangli videokamera yaratildi. Keyinçalik ilmiy tadqiqot raqamli texnikani televizion tizimlarga qöllaşga bağişlandi. 1982 yili “Fan” naşriyotida Sh.Z. Tojiboevning “Zaryadli aloqa asboblarini televizion tizimlarga tadbiq qiliş” nomli birinçi monografiyasi çop etildi. Bu qurilma 1982 yilda Ikkinçi xalqaro konferensiyada (Armaniston, Yerevan) taqdimotdan ötkazilgan. 1984 yilda PZS matritsa asosida yaratilgan rangli mikroskop tajribali nusxasi Xalqaro körgazmada qatnaşdi va kumuş medal bilan mukofotlandi. Bulardan taşqari, laboratoriya xodimlari tomonidan 1982–1985 yillarda obyekt tuziliş holatini masofadan aniqlovçi televizion qurilma, 1988–1990 yillarda kam kadrli televizion signallarni köp kadrli standartga özgartiruvçi qurilma yaratildi.

Kafedra tarkibida 1981 yilda dotsent Yu.S. Sagdullaev rahbarligida taşkil etilgan ikkinçi ilmiy-tekşiriş laboratoriyasida akademik J.A. Abdullaev boşçiligida “Energiya” ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi bilan xöjalik şartnomasi asosida kosmik kemalarni bir-biriga yaqinlaştiriş va qöşiş uçun televizion ölçov tizimini yaratiş ustida işlar olib borildi. Yaratilgan qurilmalar “AIST-1”, “AIST-2”, “AIST-3”, “AIST-4” şartli nomlari bilan yuritildi va kosmik parvozlarni boşqariş markazi tomonidan “Soyuz”, “Progress”, “Mir” kosmik kemalarini bir-biriga yaqinlaştiriş va qöşişda foydalanildi.

Uşbu iş uçun akademik J.A. Abdullaev “S.P. Korolyov medali” va “Y.A. Gagarin” diplomi bilan mukofotlandi. Yu.S. Sagdullaev esa olib borgan ilmiy işlari natijalarini 1991 yilda Moskva şahridagi Kosmik tadqiqotlar institutida doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qildi.

Kafedrada erişilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida Sh.Z. Tojiboev tomonidan yozilgan “Televizion qurilmalar qattiq jismdagi fotoözgartirgichlar asosida” nomli ikkinçi monografiya Özbekiston FA “Fan” naşriyoti tomonidan 1996 yilda çop etildi.

J.A. Abdullaev va Yu.S. Sagdullaev hammuallifligida yaratilgan “Основы телевизионного контроля процесса сближения космический аппаратов” nomli monografiya 1997 yilda Özbekiston FA “Fan” naşriyoti tomonidan, 2000 yilda institut tahrir va naşr bölimi tomonidan “Raspoznavaniya optiçeskikh izobrazheniy” nomi bilan naşrga çiqarildi.

Kafedra faoliyati va öquv jarayonlarini muvaffaqiyatli taşkil etişda turli yillarda laboratoriya mudirlari – V.N. Vorobyev, T.A. Abidjanov, G. Makarenko, G. G‘afurov, V. Klimushkin, F. G‘afurov, A.M. Ovchinnikovlar samarali mehnat qilganlar. Ularning taşabbuslari va fidokorona faoliyati kafedraning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş hamda öquv jarayonini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

2010 yilda “Televideniya va radioeşittiriş” kafedrasi “Antenna-fider qurilmalari” kafedrasi bilan birlaştirilib, yagona tuzilma sifatida faoliyat boşladi. 2013 yildan boşlab kafedra “Teleradioeşittiriş tizimlari” nomi bilan yuritila boşlandi.

2013–2022 yillar davomida kafedraga dotsent T.G. Raximov, dotsent V.A. Gubenko, dotsent A.A. Yarmuxamedov, dotsent Z.T. Xakimov, A.Sh. Shaxobiddinov, dotsent X.S. Soatov, dotsent B.N. Raximov va dotsent X.X. Nosirovlar mudirlik qilganlar. 2022–2025 yillar davomida esa kafedraga PhD A.A. Berdiyev mudirlik qilgan.

 

Antenna-fider qurilmalari kafedrasi tarkibi (2004 yil)

Televideniya va radioeşittiriş kafedrasi tarkibi (2011 yil) 

Kafedra tarkibida “Raqamli televizion tizimlar”, “Elektromagnit maydonlar va tölqinlar”, “Antenna-fider qurilmalari”, “Antenna texnologiyalari”, “Zamonaviy radioeşittiriş, radioaloqa va televizion qurilmalar” laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda.

Uşbu davrlar mobaynida kafedraning moddiy-texnik bazasi bosqiçma-bosqiç yangilandi, auditoriyalar zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlandi, raqamli televizion laboratoriya stendi örnatildi hamda zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan öquv xonalari taşkil etildi. Aloqa va telekommunikatsiya korxonalari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlandi, professor-öqituvçilar tarkibi yoş va istiqbolli mutaxassislar bilan boyitildi.

Kafedra tarkibida “Raqamli televizion tizimlar”, “Elektromagnit maydonlar va tölqinlar”, “Antenna-fider qurilmalari”, “Antenna texnologiyalari”, “Zamonaviy radioeşittiriş, radioaloqa va televizion qurilmalar” laboratoriyalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Sönggi yillarda kafedraning ilmiy salohiyati yanada mustahkamlanib, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va ilmiy maktabni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Bir qator izlanuvçilar PhD ilmiy darajasini, şuningdek texnika fanlari doktori (DSc) darajasini muvaffaqiyatli qölga kiritdilar. Bu esa kafedrada barqaror ilmiy muhit va uzluksiz ilmiy maktab şakllanganidan dalolat beradi.

Şu davrda zamonaviy “Raqamli teleradioeşittiriş tizimlari” laboratoriyasi taşkil etildi. Mazkur laboratoriya raqamli televideniye va radioeşittiriş signallarini real şaroitda uzatiş va qabul qiliş, signalni qayta işlaş, siqiş hamda sifat körsatkiçlarini tahlil qiliş imkonini berib, öquv va ilmiy-tadqiqot işlarining samaradorligini oşirdi.

Kafedra faoliyatida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirilib, Koreya Respublikasi, Avstriya, Amerika Qöşma Ştatlari va Slovakiya oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalari bilan hamkorlik yölga qöyildi. Natijada magistrantlar va doktorantlar xalqaro almaşinuv dasturlarida iştirok etib, xorijiy tajribalarni özlaştiriş imkoniyatiga ega böldilar.

Zamonaviy fan va texnologiyalar, jumladan raqamli eşittiriş standartlari, multimedia tizimlari, signalni raqamli qayta işlaş hamda ilğor uzatiş texnologiyalari öquv jarayoniga bosqiçma-bosqiç joriy etildi. Ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi asosida kafedra raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş yölida izçil rivojlanib kelmoqda.

Bugungi kunda “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi ilmiy, pedagogik va innovatsion salohiyatga ega bölib, televideniye, radioaloqa, raqamli eşittiriş, elektromagnit maydonlar, antenna tizimlari va raqamli signallarga işlov beriş yönalişlarida yetuk mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.

Kafedrga biriktirilgan “Simsiz aloqa va teleradioeşittiriş” yönalişi hamda “Televideniye, radioaloqa va radioeşittiriş tizimlari hamda qurilmalari” mutaxassisligi böyiça har yili 100 nafarga yaqin bakalavr va 12 nafarga yaqin magistrantning işlab çiqariş hamda bitiruv oldi amaliyoti taşkil etiladi. Professor-öqituvçilar rahbarligida har yili 150 ga yaqin bakalavrlik bitiruv malakaviy işlari hamda 30 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari himoya qilinadi.

Kafedraning bugungi taraqqiyoti turli yillarda faoliyat yuritgan barça mudirlar, professor-öqituvçilar va xodimlarning samarali mehnati natijasidir.

Hozirda kafedra yuqori ilmiy hamda ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bölib, PhD Narzullayev O.M. rahbarligida quyidagi professor-öqituvçilar tarkibi faoliyat yuritmoqda:

Teleradioeşittiriş tizimlari kafedrasi tarkibi (2016 yil)

Professor – öqituvçilarning tinimsiz izlanişlari natijasida: antenna-fider qurilmalarini quriş, fazalaştirilgan antenna panjaralarini loyihalaş, mavjud televizion antennalarning yönalganlik diagrammalarini korrektsiyalaş, yirik şahar şaroitida radiotölqinlarning tarqaliş xususiyatlarini tadqiq etiş, radio va televizion eşittiriş zonalarini hisoblaş, radioob’ektlarning ekologik pasportlarini tayyorlaş böyiça amaliy va ilmiy işlar olib borilgan. Öquv jarayoni uçun virtual va amaliyi laboratoriya maketlari tayyorlangan va talabalarga taqdim etilgan.

Kafedrada Özbekiston fanlar akademiyasi akademigi, professor D.A.Abdullaev rahbarligi ostida "Onkologik kasalliklarni davolaşda qöllaş uçun möljallangan tana töqimalarini yönaltirilgan nurlar yordamida qizituvçi (gipertermiya) laboratoriya qurilmasi” yaratilgan va unga mualliflik guvohnomasi olingan. Kafedra köp yillik ta’lim faoliyati va ilmiy-tadqiqot davomida (kunduzgi va sirtqi bölimlarda) mingdan ortiq muxandislarni-mutaxassislarni tayyorlagan. Bu mutaxassislar hozirda Özbekiston Respublikasi, Örta Osiyo Respublikalari va boşqa çet el davlatlarida faoliyat yuritişmoqda.

Uzoq yillar davomida kafedra öqituvçilari va aspirantlari Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti (Rossiya) olimlari bilan hamdöstlik şartnomasi asosida raqamli radioeşittiriş signallarining köp nurli tarqalişi va qabul qilinişi xususiyatlarini örganiş ustida izlanişlar olib bordilar. Bajarilgan ilmiy işlar natijasida kafedra öqituvçilari: D.N.Likonsev, V.A.Gubenko, va aspirant Muxammed Buzeyd nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Kafedrada öquv jarayonni muvaffaqiyatli taşkil etişda turli yillarda laboratoriya mudirlari: V.N.Vorobev, T.A.Abidjanov, G.Makarenko, G.Gafurov, V.Klimushkin, F.Gafurov, A.M.Ovchinnikovlar samarali mehnat qilganlar.

Kafedra 2010 yilda "Televidenie va radioeşittiriş” nomi ostida "Antenna-fider qurilmalari” kafedrasi bilan birlaştirildi, hamda 2013 yilda "Teleradioeşittiriş tizimlari” nomiga özgartirildi. Sönggi davr oraliğida kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent T.G.Raximov (2008-2011 y.), t.f.n.,dotsent V.A.Gubenko (2011-2012 y.), t.f.n.,dotsent A.A.Yarmuxamedov (2012-2013 y.), t.f.n.,dotsent Z.T.Xakimov (2013-2014 y.), katta öqituvçi A.Sh.Shaxobiddinov (2013-2014 y.), t.f.n.,dotsent X.S.Soatovlar (2014-2017), t.f.d.,professor B.N.Raximov, PhD, dotsent X.X. Nosirovlar mudir etib tayinlandilar.

Professor T.G.Raximov rahbarligi davrida kafedraning moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi. Kafedraga tegişli bölgan barça auditoriyalar yangidan taşkillaştirildi, zamonaviy multimedia texnikalari bilan ta’minlandi. Magistrlar va iqtidorli talabalar uçun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan öquv xonasi, Sankt-Peterburg şahrida (Rossiya) işlab çiqarilgan raqamli televidenie laboratoriya stendi bilan jihozlandi va öquv laboratoriya xonasi taşkil etildi. Aloqa korxona va taşkilotlarii bilan mustahkam hamkorlik örnatildi. Kafedraning professor-öqituvçilar tarkibi yoş öqituvçilar bilan töldirilgan. X.S.Soatov rahbarligi davrida 2016 yil kafedra professor – öqituvçisi Raximov B.N. “Методы контроля и диагностики механических свойств конструкции на основе волоконно-оптических систем связи” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2017 yildan texnika fanlari doktori, dotsent Raximov Baxtiyor Ne’matovich "Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. B.Raximov Toşkent axborot texnologiyalari universiteti dekan muovini lavozimida faoliyat körsatgan. Hozirgi kunda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Yoş olimlar kengaşi raisi sifatida ham faoliyat körsatib kelmoqda.

Kafedrada: Televidenie asoslari, Raqamli televideniye, Elektroakustika, Elektromagnetizm, Antenna-fider qurilmalari, Zamonaviy robototexnika va elektronikaga asoslangan “ITMade” laboratoriyalari mavjud.

"Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasiga biriktirilgan "Televidenie, radioaloqa va radioeşittiriş” yönalişi böyiça har yili 100 ga yaqin bakalavr talabalarining bitiruv oldi amaliyoti, işlab çiqariş amaliyoti va öquv amaliyotlari taşkil etiladi. Kafedrada profesor-öqituvçilarining rahbarligida 100 ga yaqin bakalavrlik bitiruv malakaviy hamda 25 ga yaqin magistrlik ilmiy dissertatsiyalari himoya qilinadi.

Teleradioeşittiriş tizimlari kafedrasi tarkibi (2025 yil)

Teleradioeşittiriş tizimlari kafedrasi tarkibi (2025 yil)




KAFEDRA TA’LIM YÖNALIŞI VA MUTAXASSISLIKLARI

Bakalavriat:

60611000 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (Teleradioeşittiriş)

60611000 - Simsiz aloqa va teleradioeşittiriş injiniringi

Magistratura:

70611001 – Televideniye, radioaloqa va radioeşittiriş qurilmalari hamda tizimlari

70611002 - Televideniye, radioaloqa va radioeşittiriş tizimlarining xavfsizligi




KAFEDRADA ÖQITILADIGAN FANLAR

Bakalavriat:

  • Antennalar va radiotölqinlarning tarqalişi
  • Elektromagnit maydonlar va tölqinlar
  • Raqamli aloqa
  • Teleradioeşittiriş
  • Radioelektronikaning nazariy asoslari
  • Elektroakustika va radioeşittiriş
  • Video ma’lumotlarga raqamli işlov beriş
  • Tasvirlarni qayta işlaş
  • Raqamli televideniye tizimlari
  • Teleradioeşittiriş tizimlari antenna-fider traktlari
  • Xalaqitbardoşli radioaloqa tizimlari va elektromagnit moslaşuvçanlik
  • Antennalar va tölqinlarning tarqalişi
  • Elektroakustika va radioeşittiriş
  • Video ma’lumotlarga raqamli işlov beriş
  • Antenna-fider qurilmalari
  • Xalaqitbardoş radioaloqa tizimlari

Magistratura:

  • Zamonaviy teleradiotizimlarning antenna qurilmalari
  • Amaliy televideniye tizimlari
  • Audio-video signallarni kodlaş nazariyasi
  • Video va audio signallarni raqamli qayta işlaş
  • Hajmli televideniye texnologiyalari
  • Ma’lumot uzatiş tizimlarida radioelektron himoyalaş usullari va vositalari
  • Kiçik radiusli ma’lumot uzatuvçi radiotizimlarni loyihalaş

 

Hozirda kafedra yuqori ilmiy hamda ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bölib, PhD., Narzullayev O.M. rahbarligida quyidagi professor-öqituvçilar tarkibi faoliyat yuritmoqda:

Asosiy ştat

  • Narzulloyev Oybek Mirzayevich – dotsent, kafedra mudiri
  • Berdiyev Alisher Alikulovich – dotsent
  • Aripova Umida Xayrullayevna – dotsent
  • Gavrilov Igor Aleksandrovich – dotsent
  • Gubenko Vladislav Anatolevich – dotsent
  • Axmedova Anora Xalbayevna – katta öqituvçi
  • Muxamedova Diyorabegim Baxtiyor qizi – PhD, katta öqituvçi
  • Alimuxamedova Madina Erkin qizi – assistent
  • Norov Elnur Islomovich – assistent
  • Tashmetov Shaxzod Erkin o‘g‘li – assistent
  • Ibragimov Doniyor Baxtiyarovich – assistent
  • Zohidov Abdurashid Zokir o‘g‘li – assistant

Örindoşlar

  • Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovich – dotsent
  • Rahimov Baxtiyor Ne’matovich – professor
  • Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘li – professor
  • Badalov Jasur Ismailovich – v.b. dotsent
  • Gaziyev Xushnud Gaybullaevich – assistent
  • Kan Vitaliy Sergeevich – katta öqituvçi

Yordamçi xodimlar

  • Nazarova Fotima Xabibullayevna – laboratoriya mudiri
  • Kan Vitaliy Sergeevich – injener
  • To‘xtayeva Aziza Baxtiyor qizi – injener-laborant

Kafedrada: Televideniye asoslari, Raqamli televideniye, Elektroakustika, Elektromagnetizm, Antenna-fider qurilmalari laboratoriyalari mavjud. Mazkur laboratoriyalarda iqtidorli talabalar bilan işlaş böyiça tegişli tögaraklar taşkil qilingan. Iqtidorli talabalar orasida turli nomzodlik stipendiyalari yetişib çiqqan, jumladan kafedra bitiruvçilari orasida 2 nafar magistr hamda 1 nafar doktorant Prezident stipendiyasi sohiblari bölişdi.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY, ILMIY-USLUBIY IŞLAR

Hozirgi kunda kafedrada qator dolzarb ilmiy tadqiqotlar va muammoli ilmiy loyihalar amalga oşirilmoqda: “Mobil aloqa tizimlari uçun kadrlar aro tasvirga işlov berib veyvlet özgartiriş asosida videokodekni işlab çiqiş”, “Создание методик расчета ослабления радиоволн в тоннелях”, “Разработка действующей модели радиотехнической безэховой камеры”, “Модернизация научно практической лаборатории АФУ”, “Разработка технологии совместной установки антенн различных операторов на одной опоре”, “Разработка методик оценки качества обслуживания и зон уверенного приема станциями радиоконтроля”, “Разработка и создание измерительного стенда для тестирования работоспособности ВОЛС под воздействием окружающей среды”, “IP televidenie va mobil aloqa uçun televizion kodekning dasturiy ta’minotini işlab çiqiş”.

Xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari asosida INTRAS, DECIDE, SPACECOM, IABS (ERASMUS) loyihalar amalga oşirilmoqda. Uşbu loyihalar doirasida kafedrada Avstriyaning Klagenfurt universiteti bilan almaşinuv dasturi yölga qöyilgan.

Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi taşabbusi bilan an’anaviy tarzda ötkazib kelinadigan "Innovatsion ğoyalar va loyihalar yarmarkasi-2015” da kafedra Toşkent axborot texnologiyalari universiteti nomidan «Antenna-fider qurilmalari» laboratoriyasida yaratilgan «Televidenie, radioeşittiriş va aloqa tizimlari uçun antennalar» loyihasi bilan iştirok etdi. Hozirgi kunda uşbu loyihani amalga oşiriş yuzasidan "Özbektelekom” AK, hamda "UzDigital TV” korxonasi bilan tegişli işlar olib borilmoqda.

2014-2015 öquv yilining birinçi semestrida kafedraning "Raqamli televidenie” öquv xonasida "IP-TV” laboratoriyasi işga tuşirildi.

Kafedra bakalavriat va magistratura talabalarini tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida işlab çiqgan "Antenna-fider qurilmalari böyiça öquv-amaliy laboratoriya” nomli loyiha Vazirlikning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan moliyalaştirilmoqda. Kelajakda uşbu laboratoriyada talabalar simsiz telekommunikatsiya tizimlarining antenna-fider qurilmalari bilan işlaşda amaliy könikmalarga ega böladilar hamda sun’iy yöldoş va yer usti raqamli teleeşittiriş tizimlari antennalaridan foydalanişni va ularni sozlaş usullarini örganadilar. "Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasining öquv-uslubiy bazasi ham yildan-yilga professor-öqituvçilar tomonidan çop etilgan darsliklar, öquv qöllanmalar bilan boyib bormoqda.

Jumladan, t.f.n., dotsent Sh.Z. Tajiboev muallifligida özbek tilida yaratilgan "Televideniye” darsligi, "Tasvirni tiklovçi qurilma”, "Tasvirni tiklovçi tuzilma”, "Zamonaviy telekommunikatsiya atamalari luğati” kabi qator öquv qöllanmalar yaratilgan.

Kafedra dotsenti M.Z.Zuparov tomonidan oxirgi ön yillar davomida elektroakustika va radioeşittiriş kurslari böyiça bir qator darsliklar, öquv uslubiy qöllanmalar, ma’ruzalar matni özbek va rus tillarida tayyorlangan va çop etilgan. Novosibirsk aloqa va informatika akademiyasi (Rossiya) professori G.P.Katunin bilan hamkorlikda elektroakustikaga oid rus va özbek tillaridagi öquv qöllanma, elektroakustikaga oid rusça-özbekça luğat yaratilgan. T.f.n.,dotsent M.Z. Zuparovning yorqin xotirasini yod etgan holda uning muallifligida lotin alifbosida yaratilgan "Elektroakustika va arxitektura akustikasi” nomli darslik 2014 yilda naşrdan çiqarilgan.

2015 yilda t.f.n.,professor A.A.Abduazizov va t.f.n., professor T.G.Raximov muallifligidagi "Radiotexnik tizimlar”, t.f.n,dotsent D.N.Likonsev va katta öqituvçi A.Sh.Shaxobiddinov hammualliflikda yaratgan "Radiotölqinlarning tarqalişi va antenna-fider qurilmalari” nomli öquv qöllanmalar çop etilgan. 2016 yilda dotsent X.S.Soatov tahriri ostida I.A.Gavrilov, T.G.Raximov, A.N.Puziy, X.X.Nosirov, Sh.M.Kadirovlar muallifligida Raqamli televideniye darsligi 3 körinişda (rus tilida,özbek tilida lotin va kiril alifbosida) naşrdan çiqarilgan. Kafedra professor-öqituvçilaridan A.Sh.Shaxobiddinov, U.X.Aripova, U.A.Umarov, A.N.Puziy, X.X. Nosirovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot işlarini davom ettirmoqdalar. Kafedra dotsenti M.Z.Zuparov tomonidan oxirgi ön yillar davomida elektroakustika va radioeşittiriş kurslari böyiça bir qator darsliklar, öquv uslubiy qöllanmalar, ma’ruzalar matni özbek va rus tillarida tayyorlangan va çop etilgan. Novosibirsk aloqa va informatika akademiyasi (Rossiya) professori G.P.Katunin bilan hamkorlikda elektroakustikaga oid rus va özbek tillaridagi öquv qöllanma, elektroakustikaga oid rusça-özbekça luğat yaratilgan. T.f.n.,dotsent M.Z. Zuparovning yorqin xotirasini yod etgan holda uning muallifligida lotin alifbosida yaratilgan "Elektroakustika va arxitektura akustikasi” nomli darslik 2014 yilda naşrdan çiqarilgan.

2015 yilda t.f.n.,professor A.A.Abduazizov va t.f.n., professor T.G.Raximov muallifligidagi "Radiotexnik tizimlar”, t.f.n,dotsent D.N.Likonsev va katta öqituvçi A.Sh.Shaxobiddinov hammualliflikda yaratgan "Radiotölqinlarning tarqalişi va antenna-fider qurilmalari” nomli öquv qöllanmalar çop etilgan. X.S.Soatov tahriri ostida "Raqamli televidenie” öquv qöllanmasi çop etildi. Kafedra professor- öqituvçilaridan A.Sh.Shaxobiddinov, U.X.Aripova, U.A.Umarov, A.N.Puziy, X.X. Nosirovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot işlarini davom ettirmoqdalar.

“Antenna-fider qurilmalari” laboratoriya xonasi va fan öqituvçilari

 

“Raqamli televideniya” laboratoriyasi. (Professor Rahimov T.G. öz şogidlari bilan)

“Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” DUK tomonidan taşkil etilgan ilmiy-texnik laboratoriyaning oçiliş marosimidan lavhalar

“Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” DUK tomonidan taşkil etilgan ilmiy-texnik laboratoriya

“Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” DUK tomonidan taşkil etilgan ilmiy-texnik laboratoriyaning texnik imkoniyatlari bilan taniştiriş jarayoni

Kan Vitaliy Sergeevich tomonidan olib boriladigan “Yoş radioçi” tögaragi

 

Erişilgan natijalar

Ilmiy faoliyat yutuqlari. Kafedrada qator dolzarb ilmiy tadqiqotlar va muammoli ilmiy loyihalar muntazam amalga oşirib kelinmoqda. Jumladan, “Raqamli tasvirlarni aloqa kanallari orqali uzatiş uçun video kodek işlab çiqiş”, “Özbekistonda raqamli televidenie signallarining maydon taqsimotini tahlil qiliş”, “Özbekiston Respublikasi uçun 470–862 MHz radioçastota diapazonidan raqamli yer usti radioeşittiriş xizmatlari uçun foydalaniş istiqbollari” nomli ilmiy-tadqiqot işlari doirasida 2011–2013 yillar uçun möljallangan “Televidenie signallarini uzatuvçi va ölçovçi antennalarni işlab çiqiş” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

2010 kafedra kata öqituvçisi U.X. Aripova Özbekiston Respublikasi intellectual mulk agentligi tomonidan “Kuçaytirgiçli fotoözgartirgich” nomdagi IAP 2010 0287 raqamli ixtiro uçun patent olişga muvaffaq böldi.

 

 

2014–2015 yillar uçun möljallangan “Mobil aloqa va raqamli televidenie uçun diskret nurlantiruvçi tizimlarni tadqiq qiliş” mavzusidagi ilmiy loyiha ilmiy-texnik kengaşdan ötkazildi. Kafedra tomonidan 2011–2015 yillarda dotsent X.S. Soatov rahbarligida “R-funksiyalar konstruktiv usuli asosida çiziqli va noçiziqli köp ölçovli optimallaştirişda masalalarni yeçiş usullari va vositalarini işlab çiqiş”, I.A. Gavrilov rahbarligida esa “Tor polosali mobil va internet televidenie tizimlari uçun yuqori aniqlikdagi TV signal video va audio ma’lumotlarini ortogonal, fraktal va neyrotarmoq texnologiyalari asosida siqiş usullari, algoritmlari va qurilmalarini işlab çiqiş” nomli istiqbolli ilmiy-texnik reja tayyorlandi.

Kafedra mudiri X.S. Soatov boşçiligida 2014–2015 öquv yilida “Raqamli televideniye” laboratoriyasida IP-TV tizimi işga tuşirildi. Şuningdek, kafedra bakalavriat va magistratura talabalarini tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida işlab çiqilgan “Antenna texnologiyalari öquv-amaliy laboratoriyasi” loyihasi bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan e’lon qilingan tanlovda ğolib deb topildi. Bugungi kunda talabalar uşbu laboratoriyada simsiz telekommunikatsiya tizimlarining antenna-fider qurilmalari bilan işlaşda amaliy könikmalarni egallamoqdalar, sun’iy yöldoşli va yer usti raqamli teleeşittiriş tizimlarining antennalarini ekspluatatsiya qiliş va ularni sozlaş usullarini örganmoqdalar.

2023–2024 öquv yilining aprel oyida ta’lim va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, talaba-yoşlar uçun yetarli şaroitlar yaratiş maqsadida “Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” DUK tomonidan “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi qoşida ilmiy-texnik laboratoriya taşkil etildi. Uşbu laboratoriyaning asosiy elementlaridan biri bölgan texnik majmua zamonaviy DVB-T2 standarti asosida raqamli televidenie signallarini kam quvvatli uzatgiç orqali kiçik zona içida uzatiş, uni tegişli qabul qiluvçi qurilmalar yordamida real vaqt rejimida qabul qiliş imkoniyatini beradi. Bu orqali talabalar ENCODER, raqamli uzatgiç, multipleksor kabi sönggi avlod qurilmalarining parametrlarini sozlaş, uşbu sozlamalarning real vaqt rejimida signal sifatiga qanday ta’sir körsatişini amaliy baholaş imkoniyatiga ega böladilar.

Kafedraning ilmiy-texnik va öquv-uslubiy bazasi yil sayin boyib bormoqda, Jumladan 2014 yilda dotsent M. Zuparov muallifligidagi “Elektroakustika va arxitektura akustikasi” nomli darslik (lotin va kirill alifbosida), 2015 yilda dotsent A.A. Abduazizov va dotsent T.G. Raximov hammuallifligida “Radiotexnik tizimlar” nomli öquv qöllanmaning 2-qismi, 2015–2016 yillarda kafedra mudiri dotsent X.S. Soatov umumiy tahriri ostida “Raqamli televideniye” nomli öquv qöllanma (özbek va rus tillarida), 2019–2024 yillarda dotsent U.X. Aripova tomonidan “Antenna asoslari” va “Antennalar va radioeşittiriş” nomli öquv qöllanmalar çop etildi.

2016–2024 yillar mobaynida kafedra professor-öqituvçilaridan X.X. Nosirov, U.X. Aripova, A.Sh. Shaxobiddinov, A.N. Puziy, A.A. Berdiyev, A.T. Babajanovalar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega böldilar.

2016 yilda B.N. Raximov va 2024 yilda X.X. Nosirovlar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor böldilar.

Hozirda kafedraning quyidagi doktorantlari ilmiy-tadqiqot işlarini X.G. G‘aziev, E.I. Norov, J.D. Xudoyberganov, Sh.E. Toshmetov, D.B. Ibragimov, S.K. Kengesbaevlar va mustaqil tadqiqotçi A.X. Ahmedova davom ettirmoqdalar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan işlaş. “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasining professor-öqituvçilari har öquv yilida önga yaqin iqtidorli talabaga ilmiy rahbar etib biriktiriladi. Ötgan yillar davomida dotsent Sh.Z. Tojiboev, dotsent V.S. Miraxmedov, dotsent I.A. Gavrilov, dotsent M.Z. Zuparov, dotsent E.B. Maxmudov, dotsent T.G. Raximov, dotsent D.N. Likonsev, dotsent V.A. Gubenko, B.N. Raximov va X.X. Nosirovlar köplab iqtidorli talabalar ustida ilmiy rahbarlik qilişgan.

Mazkur rahbarliklar samarasi ölaroq, iqtidorli talabalar orasidan köplab soha korxonalari tomonidan taşkil etilgan hamda nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bölgan yoş mutaxassislar yetişib çiqdi. Jumladan:

2011 yilda dotsent I.A. Gavrilov ilmiy rahbarligida magistrant X.X. Nosirov Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi böldi;

2012 yilda iqtidorli talaba X.R. Davletova hamda 2013 yilda D.B. Bobobekovalar Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bölişdi;

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 22-yanvardagi 1/1 sonli Hayʼat qarori bilan Berdiyev Alisher Aliqulovich tayanç doktorantlar içida Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boşqaruv yönalişi böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi böldi;

2022 yilda esa kafedra magistranti M.Rixsiboyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasini qölga kiritdi.

Davlat va soha mukofotlari. 2008-yil kafedra dotsenti V.A. Gubenko Özbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlaştiriş agentligi tomonidan “Öz kasbining ustasi” kökrak nişoni belgisi bilan taqdirlandi.

2018-yil kafedra kata öqituvçisi V.S. Kan Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan “Şuhrat” medali bilan mukofotlandi.

 2018-yil kafedra kata öqituvçisi V.S. Kan Özbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlaştiriş agentligi tomonidan “Öz kasbining ustasi” kökrak nişoni belgisi bilan taqdirlan

 

2022-yil kafedra katta öqituvçisi A.A. Berdiyev Özbekiston Respublikasi aloqa axborotlaştiriş va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

 

Xalqaro hamkorlik. Bugungi kunda kafedra AQŞ, Germaniya, Italiya, Polşa, Slovakiya, Portugaliya, Litva, Belarus, Xitoy, Janubiy Koreya va Avstriya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni amalda rivojlantirib kelmoqda. Uşbu davlatlardagi universitetlar bilan almaşinuv, stajirovka, ilmiy hamkorlik va grant loyihalari böyiça barqaror aloqalar yölga qöyilgan.

Xususan, Avstriyaning Klagenfurt Universiteti bilan yaqin ilmiy-pedagogik hamkorlik örnatilgan bölib, 2021-yildan boşlab 1+1 qöşma magistratura dasturi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Mazkur dastur doirasida magistrantlari bir yillik ta’limni TATUda, qolgan bir yilligini esa Klagenfurt universitetida tamomlab, ikki tomonlama diplom oliş imkoniyatiga ega bölmoqdalar. Hozirgi kungaça uşbu dastur böyiça 16 nafar magistrant muvaffaqiyatli tahsil olib, öqişlarini yakunlab qaytişgan.

Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining SPACECOM (Space Systems and Communications Engineering) loyihasi doirasida “Teleraadioeşittiriş tizimlari” kafedrasi xalqaro hamkorlik sohasida muhim yutuqlarga erişdi. 2019–2023 yillarda amalga oşirilgan uşbu loyiha Özbekiston oliy taʼlim muassasalari tomonidan boşqarilgan birinçi grantga asoslangan CBHE (Capacity Building in Higher Education) taşabbusi bölib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan muvofiqlaştirildi. Loyiha rahbari sifatida DSc, dotsent X.X. Nosirov faoliyat olib bordi hamda u Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturini Özbekistonda muvofiqlaştiruvçi NEO Uzbekistan taşkiloti tomonidan rasmiy ekspert sifatida tan olindi.

Kafedra a’zolari loyiha doirasida Yevropaning yetakçi oliy ta’lim muassasalarida malaka oşiriş kurslarida iştirok etişdi, şuningdek, xalqaro konferensiyalar va seminarlar orqali tajriba almaşdilar. Uşbu faoliyatlar natijasida kafedraning ilmiy salohiyati oşdi, xalqaro hamkorlik aloqalari kengaydi va talabalarga zamonaviy bilimlar beriş imkoniyati yaratildi. SPACECOM loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar kafedraning xalqaro miqyosdagi nufuzini oşirdi va Özbekiston oliy ta’lim tizimida muhim örin egallaşiga xizmat qildi.

Xalqaro stajirovkalar va almaşinuv dasturlari. “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi professor-öqituvçilari va doktorantlari sönggi yillarda xalqaro malaka oşiriş, stajirovka va ilmiy-akademik almaşinuv dasturlarida faol iştirok etib kelmoqdalar. Bu jarayon nafaqat öqituvçilarning pedagogik va ilmiy salohiyatini oşiriş, balki kafedra faoliyatiga xorijiy tajriba va innovatsion yondaşuvlarni olib kiriş imkonini bermoqda.

2014-yil. Kafedra assistenti A.A. Berdiyev Koreya Respublikasining SeoulTeç Universitetida qisqa muddatli malaka oşiriş dasturida iştirok etdi. Uşbu stajirovka davomida raqamli teleeşittiriş texnologiyalari va zamonaviy antenna tizimlari böyiça amaliy könikmalar olindi.

2016-yil. Kafedra professori B. Raximov va assistent D. Ibragimov Belarus Respublikasining Belarus State University of Informatics and Radioelectronics (BGIUR) oliy öquv yurti huzurida ötkazilgan xalqaro malaka oşiriş kurslarida iştirok etişdi.

2019–2023-yillar. Kafedra a’zolari E.Norov, Sh.Tashmetov, A.Puziy, A.Berdiyevlar Erasmus+ CBHE SPACECOM (Space Systems and Communication Engineering) loyihasi doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkor OTMlarda öquv-uslubiy va tadqiqot faoliyatlarida qatnaşdilar. Kafedra professor-öqituvçilari Avstriya, Slovakiya, Fransiya va Litva universitetlarida trening dasturlarida iştirok etdilar.

2023-yil. Kafedra doktoranti Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li Slovakiyaning Kosice Universitetida 5 oylik exçange dasturida iştirok etiş huquqini grant asosida qölga kiritdi.

2024-yil. Kafedra mudiri A.A. Berdiyev Xitoy Xalq Respublikasining Wuhan Post & Telecommunications Institutida 2024-yil 7-iyuldan 19-iyulgaça malaka oşirdi. Şu yili 1-oktabrdan 30-noyabrgaça Janubiy Koreyaning Gaçon Universitetida ikki oylik xalqaro stajirovka dasturida qatnaşdi.

Universitetning 19.01.2024-yil kungi №61-01 buyruğiga binoan, kafedra doktoranti M.A. Rixsivoyev AQŞning Harvard Universitetida ötkazilgan “Harvard College Project for Asian and International Relations” xalqaro konferensiyasida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdi.

Kafedra dotsentlari Sh. Begmatov, M. Arabboyev, şuningdek, doktorant R.M. Rixsivoyevlar Avstriyaning Klagenfurt Universitetida ikki oylik malaka oşiriş va akademik stajirovka dasturlarini tamomladilar.

2025-yil. Kafedra dotsenti A.Berdiyev AQŞ ning Tennessee universitetida FEP dasturi asosida öz bilim va könikmasini oşirib keldi.

Uşbu stajirovka va xalqaro faoliyatlar kafedraning global ta’lim makoniga integratsiyalaşuviga xizmat qilgan bölib, xorijiy tajribalarni kafedra dasturlariga samarali tatbiq etişga, öquv jarayonini yangilaşga va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga yönaltirilgan.

Nufuzli tanlovlar va musobaqalar. Kafedraning yoş xodimlari öz bilim va intellektual salohiyatlarini nufuzli tanlovlar va musobaqalarda namoyon etib, faxrli natijalar bilan qaytmoqdalar. 2024-yil Kafedra assistenti M. Alimuhammedova aloqa va AKT sohasi korxonalari örtasida ötkazilgan “Zakovat” intellektual öyinida iştirok etib, yil yakunlari böyiça 1-örinni qölga kiritdi. Kafedra doktoranti M. Rixsiboyev Turkiyada ötkazilgan “TeçnoFest” xalqaro innovatsion körgazmasida öz ilmiy işlanmasi bilan iştirok etib, faxrli 1-örin sohibi böldi. Bundan taşqari M. Rixsiboyev Saudiya Arabistonida taşkil etilgan “Huawei Days” xalqaro texnologik tanlovida qatnaşib, kuçli raqobatçilar orasida faxrli 2-örinni egalladi.

 

Kafedra rivoji uçun öz hissasini qöşgan şaxslar

 

Shokir Zoidovich Tojiboev (1934–2022). Shokir Zoidovich Tojiboev 1934 yil 19 avgust kuni Toşkent şahrida tuğilgan. 1954 yilda Toşkent aloqa texnikumini muvaffaqiyatli tamomlab, imtiyozli yöllanma asosida Novosibirsk elektrotexnika aloqa institutiga öqişga qabul qilingan. 1960 yilda uşbu institutni radioaloqa muhandisligi mutaxassisligi böyiça tugatib, mehnat faoliyatini Toşkent televideniye markazida muhandislikdan boşlagan.

1969 yilda Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranturasida ilmiy tadqiqot işini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bölgan. Özbekistonda televideniye sohasi böyiça ilk yetuk mutaxassis sifatida Toşkent elektrotexnika aloqa institutiga yuborilgan.

Iqtidorli yoş olim institutning “Radiotarqatiş va televideniye” kafedrasida katta öqituvçi lavozimida mehnat faoliyatini boşlagan. 1972 yilda unga dotsent unvoni berilgan. U 1970–1980 yillarda uşbu kafedraning mudiri, 1980–1985 yillarda esa “Radioaloqa, radiotarqatiş va televideniye” fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Iqtidorli yoş olim institutning “Radiotarqatiş va televideniye” kafedrasida katta öqituvçi lavozimida mehnat faoliyatini boşladi. 1972 yilda dotsent unvoniga sazovor böldi. U 1970–1980 yillarda şu kafedraning mudiri, 1980–1985 yillarda “Radioaloqa, radiotarqatiş va televideniye” fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Şu bilan bir vaqtda jamoat işlarida faol qatnaşdi. 1970–1975 yillarda Respublika talabalar ilmiy jamiyati kengaşiga rais, 1975–1990 yillarda Respublika “Bilim” jamiyatida “Tarğibotda texnik vositalarni işlatiş metodikasi” kengaşi raisi sifatida jamoat işlarini olib bordi.

Shokir Zoidovich Tojiboevning aloqa sohasidagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib: “Faxriy radist”, “Özbekistonda xizmat körsatgan aloqaçi”, “Öz kasbining ustasi”, “Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” unvonlariga sazovor bölganlar.

Buyuk iste’dod egasi, Özbekiston televideniyesining otaxoni, ixtiroçi, salohiyatli olim va mehribon ustoz Shokir Zoidovich Tojiboev özining 70 yillik mehnat faoliyati davomida quyidagilar muallifi bölgan: 2 ta monografiya, Televideniye yönalişida Özbekistonda yagona bölgan özbek tilidagi darslik, 16 ta öquv qöllanma, 20 dan ortiq uslubiy qöllanma, 4 ta ixtiro, 10 ga yaqin ratsionalizatorlik taklifi, 200 dan ortiq ilmiy maqola, 40 ta ilmiy-uslubiy maqola.

Gabzalilov Galiy Faxretdinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. U 1939 yil 17 noyabrda Başqirdiston Respublikasining Karmaskalin tumanidagi Sharaev qişloğida tuğilgan.

1954 yilda 7-sinfni tamomlagaç, Sverdlovsk radiotexnikumiga öqişga kirgan va uni 1958 yilda muvaffaqiyatli tamomlagaç, muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan. Xizmatini yakunlagaç, 1961 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutiga öqişga kirib, 1966 yilda institutni tugatgan.

Şu yilning özida u yana harbiy xizmatga (ofitser tarkibida) çaqirilib, Toşkent viloyatidagi “Qizil suv toşqini” nomli harbiy qismda radio-byuroning komandiri lavozimida xizmat qilgan.

1968 yilda Gabzalilov G.F. Toşkent elektrotexnika aloqa institutida öqituvçi sifatida mehnat faoliyatini boşlagan. U butun mehnat faoliyati davomida uşbu institutda işlagan, assistent lavozimidan boşlab “Çiziqli elektr zanjirlar nazariyasi” kafedrasining mudiri, keyinçalik esa “Antenna-fider qurilmalari va elektrodinamika” kafedrasining mudiri darajasigaça kötarilgan.

U, şuningdek, Toşkent teleminorasining radio va televizion antennalarini işlab çiqiş böyiça maslahat beruvçi muhandislardan biri bölgan. Bu antennalarni örnatiş va efirga uzatiş jarayonlarida u me’moriy yodgorlikka zarar yetkazmagan holda işlaşga muvaffaq bölgan.

Gabzalilov Galiy Faxretdinovich öz ilmiy faoliyatining katta qismini mikrotölqinli nurlaniş yordamida saraton kasalliklarining erta bosqiçlarini davolaş uçun möljallangan maxsus tibbiy uskunalarni tadqiq qilişga bağişlagan.

Uning muallifligida antennalar va mikrotölqinli nurlanişlar mavzusiga bağişlangan bir qator ilmiy maqolalar, öquv qöllanmalar va monografiyalar yozilgan. Gabzalilov G.F. ilmiy rahbarligida ikki nafar tadqiqotçi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Galiy Faxretdinovich Gabzalilov kafedra öqituvçilari, şogirdlari va talabalarining çuqur hurmati va samimiy mehriga sazovor rahbar bölgan. Uning samarali mehnatlari "Faxriy Radioçi" unvoni bilan mukofotlangan.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent, professor Tohir G‘ofurovich Raximov (1946–2021). Tohir G‘ofurovich Raximov 1969 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlab, yöllanma asosida Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranturasiga öqişga qabul qilingan. 1973 yilda aspiranturaning ilmiy bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlab, Toşkent elektrotexnika aloqa institutiga qaytgan hamda “Televideniya va radioeşittiriş” kafedrasida assistent lavozimida mehnat faoliyatini boşlagan.

Ötgan yillar davomida Tohir G‘ofurovich yirik mutaxassis, taşabbuskor rahbar va faol jamoatchi sifatida özining çuqur bilim va boy tajribasini turli darajadagi mas’ul lavozimlarda qöllagan. holda Özbekiston Respublikasi aloqa vaziri, Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiyot vaziri, “Mahalliy Telekom” aksiyadorlik jamiyati boş direktori, Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi direktori, Xalqaro aloqa akademiyasining vitse-prezidenti lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan:

2008 yildan umrining oxirigaça u Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritgan.

Tohir G‘ofurovich Raximov rahbarligida kafedraning moddiy-texnik bazasi tubdan yangilangan. U pedagogik faoliyati davomida önlab ilmiy va ilmiy-uslubiy qöllanmalarni yaratgan, 50 dan ortiq bakalavrlik va magistrlik bitiruv işlariga ilmiy rahbarlik qilgan.

Uning hammuallifligida yaratilgan “Radiotexnik tizimlar” hamda “Raqamli televideniye” nomli öquv qöllanmalari özbek va rus tillarida çop etilgan va oliy ta’lim tizimida keng qöllanilgan.

Professor Raximov öz şogirdlariga mehribon, şu bilan birga talabçan ustoz bölgan. Uning rahbarligida öqigan şogirdlar orasidan ikki nafari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya,

bir nafari Beruniy davlat stipendiyasi, yana bir nafari Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bölgan.

Tohir G‘ofurovich Raximovning aloqa va axborotlaştiriş sohasida amalga oşirgan fidokorona xizmatlari hukumatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilib, u “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan aloqa xodimi”, “Xizmat körsatgan faxriy radiotexnik”, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining kökrak nişoni, “Xalqaro aloqa akademiyasining oltin medali” sovrindori, faxriy unvon va mukofotlarga sazovor bölgan.

Zuparov Masud Zuparovich (1939-2012). Özbekiston aloqa sohasi rivoji va aloqa muhandislarini yetiştiriş yölida fidokorona mehnat qilgan atoqli pedagog va olim. U 1962-yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutini “Radioaloqa va radioeşittiriş muhandisligi” yönalişi böyiça tamomlab, butun umr faoliyatini şu muassasaga bağişladi.

Mehnat faoliyatini laboratoriya mudiri sifatida boşlagan M. Zupаrov keyinçalik kafedra assistenti, Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranti böldi va 1971-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, institutga qaytdi. U köp yillar davomida kafedra mudiri, fakultet dekani, universitetning ma’naviyat va ma’rifat işlari böyiça prorektori, içki nazorat va monitoring bölimi boşliği lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. Şu bilan birga, u bir neça yil davomida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya öquv markazi direktori lavozimida ham işlab, mintaqaviy ta’lim tizimiga katta hissa qöşdi.

Umrining 50 yilini universitetga bağişlagan M. Zupаrov önlab bakalavr va magistrlarni yetiştirib, ularni aloqa va telekommunikatsiya sohasining peşqadam mutaxassislariga aylantirdi.

  1. Zupаrov öz faoliyati davomida “TEMPUS”, “TACIS”, “LIBANTA” kabi xalqaro loyihalarda faol iştirok etgan. 2004-yilda telekommunikatsiya sohasida MDH davlatlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişdagi hissasi uçun Xalqaro aloqa akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Şuningdek, u Sibir aloqa akademiyasi akademigi va Novosibirsk aloqa va axborotlaşuv universiteti professori G.I. Katunin bilan hamkorlikda yozgan “Elektroakustika” öquv qöllanmasi 2006-yilda Respublika tanlovida III-darajali diplom bilan taqdirlangan.
  2. Zupаrov 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy işlar, 10 dan ortiq öquv qöllanmalarning muallifi hisoblanadi. Uning asarlari nafaqat TATUda, balki uning hududiy filiallarida ham keng qöllaniladi. “Radioeşittiriş” va “Elektroakustika” sohalariga oid birinçi izohli luğat, hamda lotin alifbosidagi ilk özbek tilidagi darsliklar yaratgan fidoyi mutaxassis edi.

Bugungi kunda M. Zupаrovning köplab şogirdlari respublika miqyosidagi telekommunikatsiya, axborotlaştiriş, va aloqa texnologiyalari sohasida yetakçi muhandis va rahbar sifatida faoliyat yuritmoqdalar. U kişining halol mehnati “Mohir aloqaçi”, “Faxriy radiotexnik” kabi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Masud Zupаrov nafaqat universitet tarixida, balki butun respublika aloqa sohasi taraqqiyotida öz nomini oltin harflar bilan muhrlagan buyuk ustoz va olim bölib qoldi.

Soatov Xoliq Sodiqovich tomonidan kafedrada olib borilgan işlar alohida e’tirofga loyiq. 2015–2018-yillar oraliğida kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan hamda ustoz-olim sifatida ham, taşabbuskor rahbar sifatida ham kafedraning ilmiy, metodik va moddiy-texnik salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilgan muhim islohotlarga boşçilik qilgan.

U kişining mudirlik faoliyati davomida kafedrada ilmiy izlanişlar va himoyalar faollaşdi. Jumladan, 2 nafar PhD dissertatsiyasi — A. Shaxobiddinov va A. Puziy, şuningdek, 1 nafar DSc dissertatsiyasi — B. Rahimov tomonidan muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bu holat kafedra tarixida ilmiy salohiyatning izçil ösişini namoyon etgan muhim davr böldi.

Soatov X.S. rahbarligida öquv-metodik bazani mustahkamlaş borasida ham salmoqli işlar amalga oşirildi. Jumladan, “Raqamli televideniye” faniga oid ikki tilda — özbek va rus tillarida tayyorlangan öquv qöllanma çop etildi. Bu naşr nafaqat talaba va magistrantlar uçun, balki sohaga yangi kirib kelayotgan mutaxassislar uçun ham muhim metodik manbaga aylandi.

Bundan taşqari, malaka oşiriş kurslari uçun öquv-metodik komplekslar işlab çiqildi va tasdiqdan ötkazildi. Bu hujjatlar asosida respublika miqyosida amaliyotçi mutaxassislar uçun qisqa muddatli kurslar ötkaziş imkoniyati yaratildi.

Soatov X.S. rahbarligida kafedrada ilm-fanga qiziqiş kuçaydi, professor-öqituvçilar va yoş tadqiqotçilar ilmiy loyihalarda faol iştirok eta boşladilar, xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Aynan uning taşabbuslari bilan kafedra hayotida innovatsion yondaşuvlar, ilmiy taşabbuslar va texnologik yangiliklarni joriy etişga keng yöl oçildi.

Kafedraning keyingi yillardagi taraqqiyoti va xalqaro miqyosdagi faolligi uçun asos bölgan barqaror ilmiy-madaniy muhit aynan Soatov Xoliq Sodiqovich rahbarlik davrida şakllandi.

Kan Vitaliy Sergeevich — 1979 yildan beri universitetda samarali faoliyat yuritib kelayotgan fidokor murabbiy. V.S. Kan “Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasida öqitiladigan barça fanlardan yuqori saviyada ma’ruza hamda amaliy maşğulotlar olib boradi.

U önlab öquv va öquv-uslubiy qöllanmalar muallifi hisoblanadi. Uning 40–45 yildan ortiq mehnat faoliyatining asosiy qismi “Antenna-fider qurilmalari” va “Elektromagnit maydonlar va tölqinlar” laboratoriyalarida keçgan. Har qanday murakkab tuzilişga ega bölgan radiotexnik qurilmalar bilan işlay oladigan bilimli va tajribali mutaxassis, mohir pedagog sifatida tanilgan.

Kafedra tarkibidagi barça laboratoriyalar V.S. Kanning fidokorona mehnati tufayli doimiy ravişda ilmiy tadqiqotlar uçun tayyor holatda turadi. Ayni vaqtda kafedrada zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, xususan, öta yuqori çastota diapazonlari uçun möljallangan yangi avlod antennalari işlab çiqilmoqda.

Şuningdek, Vitaliy Sergeevich “Radio va mobil aloqa” fakulteti tarkibida taşkil etilgan “Radist” tögaragining asosçisi hisoblanadi. Uning bevosita rahbarligi ostida yuzlab iqtidorli talabalar özlarining yaratuvçan va ratsionalizatorlik işlanmalari bilan universitet va respublika miqyosida ötkazib kelinadigan xalqaro ilmiy-amaliy körgazmalarning doimiy iştirokçilari va sovrindorlariga aylangan.

Özbekiston mustaqillikka erişgan dastlabki yillardan boşlab kafedraning professor-öqituvçilar tarkibini milliy kadrlar bilan ta’minlaşdek şarafli işda ham V.S. Kan katta hissasini qöşgan.

Kan Vitaliy Sergeevichning köp yillik samarali mehnatlari hukumatimiz tomonidan “Şuhrat” medali hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Öz kasbining ustasi” kökrak nişoni bilan.munosib taqdirlangan.

Kan Vitaliy Sergeevich va Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovichning tinimsiz izlanişlari natijasida: antenna-fider qurilmalarini quriş, fazalaştirilgan antenna panjaralarini loyihalaş, mavjud televizion antennalarning yönalganlik diagrammalarini korrektsiyalaş, yirik şahar şaroitida radiotölqinlarning tarqaliş xususiyatlarini tadqiq etiş, radio va televizion eşittiriş zonalarini hisoblaş, radioob’ektlarning ekologik pasportlarini tayyorlaş böyiça amaliy va ilmiy işlar olib borilgan. Öquv jarayoni uçun virtual va amaliy laboratoriya maketlari tayyorlangan va talabalarga taqdim etilgan.

Gavrilov Igor Aleksandrovich — mamlakatning kosmik sohasida video-pozitsiyalaş usullarini işlab çiqişda iştirok etgan, televideniye yönalişida yuqori malakali mutaxassis hisoblanadi. U televizion tasvirlarni qayta işlaş sohasidagi törtta muvaffaqiyatli ilmiy loyihaga rahbarlik qilgan. Öz ustozining munosib izdoşi sifatida, ya’ni akademik Yu.S. Sagdullayevning ilmiy an’analarini davom ettirgan holda, u Raqamli televideniye va radiouzatiş böyiça ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga asos solgan. Uşbu laboratoriyada 2009–2018 yillarda Davlat ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng kölamli ilmiy işlar olib borilgan.

Mazkur laboratoriya faoliyatida köplab iqtidorli talabalar iştirok etgan bölib, ular orasida Prezident stipendiyasi sovrindori, hozirda TATU “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, dotsent Nosirov Xabbibullo; “Radiotexnik aloqa” MTB stipendiatlari — hozirgi kunda “TRET” kafedrasi dotsenti, PhD Puziy Anastasiya, “E va S” kafedrasi katta öqituvçisi Foziljonov Xojiakbar; Beruniy va “East-Telecom” kompaniyasi stipendiatlari — hozirda “TI” kafedrasi öqituvçilari Davletova Xolisaxon va PhD Bobobekova Diyorabegim; “Huawei” kompaniyasi stipendiatlari — Ibragimov Radmir, Azimova Şaxzoda va Vasilieva Anastasiya; “East-Telecom” kompaniyasi stipendiatlari — Mansurova Mariya va Kim Marina; “Radiotexnik aloqa” MTB stipendiatlari — Suvorova Mariya, Savitskaya Darya, Shevaldova Veronika, Otto Svetlana, Astashev Evgeniy; şuningdek, “ÖzAAA” stipendiatlari — Kabanova Yuliya, Nazarova Kamila, Chernyshov Aleksandr, Lisunov Anton va boşqa köplab yoş mutaxassislar faoliyat yuritgan. Bugungi kunda ularning barçasi öz sohalarining yetakçi vakillariga aylangan.

Hozirda uşbu laboratoriyada I.A. Gavrilovning şogirdlari tomonidan yangi loyihalar olib borilmoqda. Bu loyihalarda u bevosita maslahat beruvçi, yoşlar ustozi sifatida qatnaşmoqda. Öz faoliyati davomida u iqtidorli talabalarni öqitişda sadoqatli va individual yondaşuvga asoslangan metodikani yölga qöygan. Talabalarda tahliliy fikrlaş, texnik könikmalar va nostandart muammolarga yeçim topiş malakalarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratgan.

Gavrilov Igor Aleksandrovich — raqamli televideniye va video axborotni qayta işlaş yönalişlarida dars berişda foydalanilayotgan köplab öquv qöllanmalar, monografiyalar va darsliklar muallifidir. Uning asarlari özbek va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Şuningdek, u 200 dan ortiq ilmiy işlar, şu jumladan Yevropaning yetakçi ilmiy bazalarida çop etilgan maqolalar va tezislar muallifi hisoblanadi.

Uning rahbarligi ostida raqamli televideniye va video siqiş yönalişlarida talabalar uçun möljallangan virtual va amaliy laboratoriya işlarining öquv jarayoniga joriy etilişi ta’minlangan.

I.A. Gavrilovning barça ilmiy-pedagogik faoliyati Toşkent axborot texnologiyalari universitetining “Televideniye” kafedrasi bilan bevosita boğliq. U nafaqat yetuk mutaxassis, ilmiy rahbar va mohir pedagog, balki talabalar va hamkasblar orasida doimo yordamga tayyor, insoniylik fazilatlari bilan hurmat qozongan ustoz sifatida tan olingan.

IŞLAB ÇIQARIŞ BILAN HAMKORLIK

“Teleradioeşittiriş tizimlari” kafedrasi ta’lim, fan va işlab çiqariş integratsiyasini ta’minlaş maqsadida sohaning eng yirik va yetakçi korxonalari bilan strategik hamkorlik aloqalarini örnatgan. Uşbu hamkorlik doirasida talabalar öquv-tanişuv va bitiruv-oldi amaliyotlarini bevosita real iş jarayonida ötaydilar, professor-öqituvçilar esa işlab çiqariş muammolariga qaratilgan ilmiy yeçimlar ustida işlaydilar.

Kafedraning asosiy hamkor korxonalari:

  • UZTELECOM (“Özbektelekom” AK): Respublikamizning milliy aloqa operatori bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş va mutaxassislar tayyorlaş böyiça yaqin hamkorlik qilinadi.
  • MTRK (Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi): Teleradioeşittiriş texnologiyalari, studiya qurilmalari va zamonaviy media kontentni uzatiş tizimlarini örganişda asosiy amaliyot bazasi hisoblanadi.
  • RRTM (“Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” DUK): Raqamli teleradioeşittiriş tarmoqlarini ekspluatatsiya qiliş, uzatkiçlarni sozlaş va hududlarni qamrab oliş masalalarida kafedraning asosiy hamkoridir.
  • EMMM (Elektromagnit moslaşuvçanlik markazi): Radioçastotalar spektridan samarali foydalaniş, elektromagnit moslaşuvçanlikni ta’minlaş va monitoring qiliş yönalişlarida hamkorlik olib boriladi.
  • UZdigitalTV: Yer usti raqamli televideniye xizmatlarini körsatiş va abonent qurilmalari bilan işlaş jarayonlarida talabalarning amaliy könikmalarini oşirişga xizmat qiladi.
  • UNICON.UZ (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi): Axborot texnologiyalari va aloqa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlaştiriş va innovatsion işlanmalarni joriy etiş böyiça ilmiy hamkor sanaladi.

Uşbu hamkorlik tizimi orqali kafedra bitiruvçilarining bandligi ta’minlanadi va ular öqişni tamomlagan zahoti yuqoridagi nufuzli taşkilotlarda muvaffaqiyatli iş boşlaş imkoniyatiga ega böladilar.

TALABALAR UÇUN TÖGARAKLAR VA LOYIHA MARKAZI

 

Kafedrada talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş, ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş maqsadida “Tögarak — Loyiha — Startap” tamoyili asosida uzluksiz tizim yölga qöyilgan. Uşbu tizim doirasida talabalar öz ğoyalarini kiçik tögaraklardan boşlab, tayyor loyiha va muvaffaqiyatli startap darajasiga kötariş imkoniyatiga ega.

Hozirgi kunda kafedra qoşida quyidagi ixtisoslaşgan tögaraklar va zamonaviy laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda:

“Radist” tögaragi:Radioaloqa, radiotexnika va elektronika sohasiga qiziqqan talabalar uçun asosiy maskan. Bu yerda talabalar radiotexnik qurilmalar bilan işlaş va ularni sozlaşning amaliy könikmalarini egallaydilar.

Antenna Design & Prototyping Club:Antennalarni loyihalaş va prototiplarini yaratiş klubi. Unda zamonaviy dasturlar yordamida antenna tizimlarini modellaştiriş va ularning real nusxalarini yasaş böyiça tadqiqotlar olib boriladi.


VR/AR & 3D Media Lab (Virtual va töldirilgan borliq hamda 3D media laboratoriyasi):Kelajak teleradiotizimlarining asosi bölgan hajmli (3D) tasvirlar, virtual va töldirilgan borliq texnologiyalarini örganiş va uşbu sohada yangi media kontentlar yaratişga ixtisoslaşgan markaz.
Uşbu loyiha markazi talabalarga nafaqat bilim beradi, balki ularni sohaning yetakçi mutaxassislari bölib yetişişlarida, xalqaro körgazma va tanlovlarda (“TeçnoFest”, “Huawei Days” va h.k.) ğolib bölişlarida poydevor vazifasini ötaydi.

 

 

 

 

 

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27