Bo‘lim boshlig‘i:
Nabiyev Ilxomdjon Sharifovich
Ta’lim bo‘limi:
Ta’lim bo‘limi - O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi. Shu bilan bir qatorda, universitetda o‘quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, Davlat ta’lim standartlari talablari, shakllantirilgan namunaviy o‘quv rejalari, fan dasturlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilishiga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Ta’lim bo‘limning asosiy vazifalari:
- O‘quv mashg‘ulotlarni dars jadvallarini ishchi o‘quv rejalari va auditoriya fondlari asosida shakllantirish;
- Dars mashg‘ulotlarini ishlab chiqilgan dars jadvali asosida olib borilishini muntazam nazorat qilish;
- Tegishli kafedralar tomonidan taqdim etilgan yakuniy nazorat savollarini umumlashtirish;
- Tasdiqlangan o‘quv grafigi asosida tegishli fanlardan oraliq nazoratlarni tashkil etish va nazorat qilish;
- Fanlardan shakllantirilgan yakuniy nazorat savollar bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
- Tasdiqlangan o‘quv grafigi asosida fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish;
- Yakuniy nazoratlar tugagandan so‘ng talabalarning fanlardan o‘zlashtirish qaydnomasini shakllantirish;
- Fanlarni o‘zlashtirmagan talabalar uchun qayta o‘qish jarayonini tashkil etish;
- O‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilarni platformadan foydalanish bo‘yicha malakasni oshirish;
- Talabalarga fanlarni mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
- Bo‘limga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlarni va kirish-chiqish xatlarini rasmiylashtirish;
- Tasdiqlangan o‘quv grafigi asosida talabalarga kurs kesimida kredit haftaligini o‘tkazish;
- Ta’lim tizimi platformasida talabalarning va professor-o‘qituvchilarning hamda xodimlarning shaxsiy sahifasini yuritish;
- Universitet amalga oshirilayotgan ma’naviy-marifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish.
Telegram account: @credittuit_help