Bo‘lim boshlig‘i:
t.f.f.d. (PhD) Ibrohimov Bahrom Sobirjonovich
Sirtqi bo‘lim haqida ma’lumot
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘grisidagi Nizom” hamda universitetning 2020 yil 19 noyabrdagi 1188-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga ga asosan faoliyat olib boradi.Hozirgi kunda universitetning sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida quyidagi yo‘nalishlarda 5 000 nafardan ziyod talabalar tahsil olishmoqda:
SIRTQI TA’LIMGA QABUL TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sirtqi ta’lim 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi shakllarida olib boriladi.
Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 12-son bayoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suxbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi”ga muvofiq, tavsiyanomaga ega fuqarolarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 iyundagi “2023/2024 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PF-31-son qaroriga muvofiq universitetda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 16 ta yo‘nalishda kvotalar ajratildi.
Hozirgi kunda universitetning sirtqi ta’limida quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:
- 60412800– Elektron tijorat;
- 60610300– Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha);
- 60610501– Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”);
- 60610502– Kompyuter injiniringi (“AT - servis”);
- 60610503– Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”);
- 60611001– Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”);
- 60611002– Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”);
- 60611003– Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”);
- 60320400– Kutubxona-axborot faoliyati;
- 60611300 – AKT sohasida kasb ta’limi;
- 60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- 60610600 – Dasturiy injiniring;
- 60611101 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”);
- 60611102 – Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”);
- 60611200 – AKT sohasida iqtisodiyot va menejment;
- 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi.
Sirtqi ta’limga o‘qishga qabul qilish:
- Universitet sirtqi ta’limiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
- Sirtqi shaklga - umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar qabul qilinadi. (Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi);
- Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlarni sirtqi shaklga qabul qilish - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan tavsiyanoma beradigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining ikki barobari) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. (Suhbat komissiyasi universitet tomonidan tashkil etiladi).
- Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakliga - oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi. (Kirish sinovlari tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda universitet tomonidan tashkil etiladi).
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish muddatlari:
- Sirtqi shaklda - 5 yil;
- Suhbat asosidagi sirtqi shaklda - 5 yil;
- Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda - kamida 4 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.
2023-2024 o‘quv yilida Sirtqi ta’limda to‘lov kontrakt miqdorlari:
№ |
Yo‘nalish nomi |
1-yillik bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori (so‘mda) |
1-yillik tabaqalashtirilgan (suhbat asosidagilar uchun) to‘lov-kontrakt miqdori miqdori (so‘mda) |
Ikkinchi oliy ta’lim sirtqi shakli uchun 1-yillik to‘lov-kontrakt miqdori miqdori (so‘mda) |
1. |
Elektron tijorat; |
10,461,682 |
20,923,364 |
11,208,945 |
2. |
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
3. |
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
4. |
Kompyuter injiniringi (“AT - servis”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
5. |
Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
6. |
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
7. |
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
8. |
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”); |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
9. |
Kutubxona-axborot faoliyati. |
7,742,630 |
15,485,260 |
8,967,156 |
10. |
AKT sohasida kasb ta’limi |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
11. |
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
10,461,682 |
20,923,364 |
11,208,945 |
12. |
Dasturiy injiniring |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
13. |
Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
14. |
Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
15. |
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment |
10,461,682 |
20,923,364 |
11,208,945 |
16. |
Kiberxavfsizlik injiniringi |
8,219,893 |
16,439,786 |
8,967,156 |
*Sirtqi bo‘lim talabalari uchun yangiliklar bo‘limning Telegramdagi kanali: @tuit_sirtqi_online orqali berib boriladi.