Raxmatullaev Marat Alimovich

  • Asosiy
  • Raxmatullaev Marat Alimovich
Ism Şarifi: Raxmatullaev Marat Alimovich
Tuğilgan sana: 15-09-1956
Tuğilgan joyi: Toşkent viloyati
Ilmiy unvoni: Texnika fanlari doktori, Professor
Ta’lim: Toşkent elektrotexnika aloqa instituti
Yönaliş: -
Mutaxasisligi: -

 

Marat Alimovich Raxmatullaev 1956 yilning 15 sentyabr kuni Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida xizmatçi oilasida dunyoga keldi.

Professor, texnika fanlari doktori. Axborot texnologiyalari, noravşan mantiq, ekspert tizimlari, avtomatlaştirilgan loyihalaştiriş va boşqariş tizimlari, ma’lumot va bilimlar bazalari, avtomatlaştirilgan va elektron kutubxonalar böyiça mutaxassis.

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyati.

1984 yilda “Texnologik işlab çiqariş avtomatlaştirilgan boşqariş tizimlarini yaratiş masalalari” mavzusida 13.12.01 “Texnik tizimlarni boşqariş” ixtisosligi böyiça texnika fanlari nomzodini oliş uçun dissertatsiya himoya qildi. 1994 yilda “Deterministik va noravşan texnologik muhitlarda yeçimlarni işlab çiqariş metasistemalar yaratiş nazariyasi va amaliy usullari” mavzusida “Texnik tizimlarni boşqariş” ixtisosligi böyiça texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

Axborot texnologiyalarini axborot-kutubxona faoliyatida qöllaş, ilmiy-ta’limiy axborotlarni qidirişni intellektualizatsiya qiliş böyiça ilmiy maktabga asos soldi.

8 ta falsafa doktori va ikkita texnika fanlari doktorlarini tayyorladi, şuningdek, bugungi kunda 3 ta doktorant va tadqiqotçilarga ilmiy rahbarlikni amalga oşiryapti. 220 dan ortiq ilmiy işlar muallifi bölib, bulardan 10 ta monografiya, 2 ta darslik va öquv qöllanma hamda ilmiy va öquv-uslubiy işlar muallifi.

Pedagogik faoliyat.

A.Qodiriy nomidagi Toşkent davlat madaniyat institutida “Integratsiyalaştirilgan avtomatlaştirilgan kutubxona tizimlari”, “Axborot tizimlari va tarmoqlari” kurslarini, TATU magistrantlari uçun “Jahon axborot resurslari”, “Axborot kutubxona tizimlarini loyihalaştiriş” taşkil etib, öquv-metodik ta’minotini yölga qöygan.

Raxmatullaev TEMPUS dasturining (2009–2012) “Axborot-kutubxona sohasida yangi magistrlik dasturlari” loyihasining asosiy taşkilotçisi hamda koordinatori hisoblanadi. Mazkur loyiha asosida Axborot kutubxona tizimlari kafedrasi axborotlaştiriş va kutubxonaşunoslik magistratura mutaxassisligi uçun yangi öquv dasturini jahon standartlari asosida taşkil etişga asos böldi. TDMI va TATU professor-öqituvçilari Angliya, Şotlandiya, Ispaniya, Italiya, Latviya universitetlarida malaka oşirdilar.

ERASMUS dasturining (2017–2019 yy.) “Texnik reabilitatsiya (Tech-Rekh)” loyihasining koordinatori. Mazkur loyiha Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetida “Meditsinada axborot texnologiyalari” böyiça yangi magistrlik dasturini yaratişga asos böldi.

Jamoat işi.

2000 yilda Marat Alimovich Raxmatullaev respublikaning yetakçi kutubxonalarining direktorlar bilan hamkorlikda Özbekiston Kutubxonalar Assotsiatsiyasini taşkil etib, uning ijroçi direktori vazifasini bajardi. Mazkur Assotsiatsiyaning asosiy funksiyalari:

  • Namunaviy avtomatlaştirilgan kutubxonani yaratiş, kutubxonalar tarmoği hamda kutubxonaçilar uçun öquv markazlarini taşkil etiş;
  • Özbekistonda kutubxona sohasini isloh qiliş böyiça konferensiyalar, seminar va davra suhbatlari taşkilotçisi;
  • Kutubxona sohasi böyiça xalqaro fondlar eksperti.

   

   Raxmatullaev "Elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy taʼlimiy axborotlaridan foydalaniş va yaratiş texnologiyalari" (2009–2015) nomli konferensiya, "Innovatsion rivojlaniş uçun axborot resurslari" (2017 yildan) nomli xalqaro forum muallifi va taşkilotçisi. Mazkur anjumanga har yili jahonnning yetakçi Information Services kompaniyalari (Springer, Emerald, ProQuest, Oxford University Press, EBSCO va b.) vakillari taklif etilib, ilmiy-taʼlimiy resurslarni elektron maʼlumotlar bazalarini taşkil etiş böyiça magistrantlar, professor-öqituvçilar uçun taqdimotlar va mahorat darslari taşkil etiladi.

   Raxmatullaev "Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona resurslari" nomli "Central Asia" (1999 yildan) xalqaro konferensiya loyihasining muallifi va taşkilotçisi. Mazkur konferensiyaning har yillik iştirokçilari dunyoning yetakçi kutubxona sohasi olimlari va kutubxona sohasi xodimlaridir.  

   Özbekistonda oliy taʼlimni rivojlantiriş böyiça HEREs ekspert jamoasi rahbari. TATU doktorlik dissertatsiyalari himoya kengaşi aʼzosi. Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi böyiça (05.01.04) ilmiy seminar raisi.

 

Ilmiy jurnallar tahririyatlarida aʼzolik.

  • "OLIY TAʼLIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI" ilmiy-metodik jurnal boş muharriri ("Perspektivy razvitiya vysşego obrazovaniya" 2013 yildan), OAK röyxatiga kiritilgan;
  • SCIENCE GOVERNANCE AND SCIENTOMETRICS. Upravlenie naukoy i naukometriya (Rossiya)
  • "BIBLIOSFERA", GPNTB SO RAN (Rossiya)
  • "NOVOSTI NAUKI KAZAXSTANA". Ilmiy-texnik töplam. Olmaota. NTS NTI
  • SCIENCE AND TECHNICAL LIBRARIES. Ilmiy va texnik kutubxonalar. ISSN1027-3689
  • "KUTUBXONA.UZ" va INFOLIB kabi jurnallarning tahririyat aʼzosi

Xalqaro faoliyati.

   Professor Rahmatullaev xalqaro miqyosdagi ekspert sifatida xalqaro kutubxonaçilik va ilmiy bir qator ilmiy jamoalarga taklif etilib, mazkur jamoalar a’zosi bölgan.

   2001–2018 yillarda – Özbekistonda eIFL loyihasining Milliy koordinatori. Ma’lumot bazalarini baholaş xalqaro ekspert guruhi a’zosi. Bu Özbekiston kutubxonalariga xalqaro elektron ilmiy ta’limiy resurslarga imtiyozli a’zo bölişga, şuningdek, yetakçi mamlakatlarning elektron naşrlarga oid mualliflik huquqlari masalalari bilan tanişişga imkon yaratdi. 

  • “Bibliotekи v menyayuşçemsya mire” (Rossiya) nomli Xalqaro Qrim konferensiyasining “Internet i elektronnыe bazы dannыx” seksiyasi raisi.
  • Xalqaro kutubxonaçilik axborot-analitik markazi direktorlar Kengaşi a’zosi ILIAC (AQŞ); Elektron kutubxonalarni işlab çiquvçi va foydalanuvçilar xalqaro Assotsiatsiyasi a’zosi (Rossiya), Xalqaro Issiqköl kutubxona konferensiyasi seksiyasi raisi;
  • Boston ommaviy kutubxonasi, Çexiya, Vengriya, Turkiya, Litva Milliy kutubxonalari, Kaunas universiteti, Italiyadagi Parma universiteti, AQŞ Kongressi kutubxonalarining elektron kutubxonalari va axborot tarmoqlari böyiça tajribasini örgangan;
  • AQŞning Fulbright (AQŞ, 2006–2007 yy.) granti sovrindori. Şuningdek, TEMPUS va ERASMUS dasturlari doirasida Northeastern University, Maryland University, Washington University (AQŞ), şuningdek, Lobaçevskiy universiteti (Rossiya), Barselona Universiteti (Ispaniya), Sarbonna Universitetlari (Parij) tajribasini örgangan.

Mukofotlar.

  • Özbekiston Prezidentining Döstlik ordeni – 2011 yil
  • Qirğiziston Respublikasi kutubxonaçilik va xalqaro aloqalarni rivojlantiriş medali – 2019 yil
  • 2021 yil – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining "Axborot-kutubxona a’lolçisi" medali.

Loyihalar

 

Rahmatullaev 40 dan ortiq ilmiy loyihalarning muallifi va ijroçisi, şundan 30 ga yaqini kutubxona sohasiga tegişli.

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27