Universitet yoshlar yetakchisi tayinlandi.

  • Asosiy
  • Universitet yoshlar yetakchisi tayinlandi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo'yicha Respublika idoralararo kengashi yig'ilishida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlariga Yoshlar yetakchilarini tayinlash bo'yicha suhbatlar Toshkent Shahar Yoshlar markazida o'tkazildi. Suhbat komissiyasi xulosalarini o'qib eshittirish hamda oliy ta'lim muassasalariga Yoshlar yetakchilarini tayinlash uchun Toshkent shahrining barcha oliy ta'lim muassasalarida umumiy yig'ilishlar o'tkazilmoqda. Bugun ana shunday umumiy yig'ilishlardan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tdi. Umumiy yig'ilishga O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent Shahar Kengashi bo'lim mudirlari, Yunusobod tuman Mahalliy Kengashi raisi hamda o'rinbosarlari tashrif buyurishdi. Boshlang'ich tashkilot umumiy yig'ilishida yoshlar Kengashi a'zolari, fakultet yoshlar yetakchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Umumiy yig'ilishni Universitet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori, ustoz Umarov Xayrulla Payzullayevich ochib berdi hamda bugungi kunda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, hamkorlik masalalari, Universitetda yoshlar tashkilotining o'rni qanday bo'lishi kerakligini ta'kidlab o'tib, Universitet yoshlarini faol, tashabbuskor bo'lishga chaqirdi va so'zni Yunusobod tuman Mahalliy Kengashi raisiga berdi. Ixtiyor Ziyodilloyev talabalarning o'qish va ishlarida omadlar tiladi va yig'ilganlarga 2019-yil oktyabr oyidan O'zbekiston yoshlar ittifoqi nizomida belgilangan muddatga qadar, Toshkent shahar Kengashi qarori asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yoshlar yetakchisi lavozimiga Telekommunikatsiya injiniringi magistratura mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Abilov Umidbek O'tkirovich tayinlanganligini e'lon qildi.

Umidbek Abilovning kelgusidagi ish va o'qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!