Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda 1000 ga yaqin talaba-yoshlar qamrab olinib, ular uchun “Raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar: bugun va kelajak talablari”, “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminar yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.