Ayni damda Universitetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ichki turizm bo‘yicha Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida shaharning diqqatga sazovor, ko‘hna obidalariga sayohat qilishmoqdalar.
Sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim), O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabri va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.
📌Talaba-yoshlar Samarqand shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, mustaqillik yillarida bunyodkorlik ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga hamda katta taassurotga ega boʻlishmoqda.