

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura va bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyalari ishlab chiqarish korxonalari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.
Jumladan:
🔹 70320401– Kutubxona-axborot faoliyati mutaxassisligi talabalari magistrlik dissertatsiyasi himoyasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida;
🔹 60320400 - Kutubxona-axborot faoliyati ta’lim yo‘nalishi bitiruv malakaviy ishlari himoyalari Respublika axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
Himoya jarayonlarida bitiruvchi talabalar tomonidan yashil kutubxonalarni yaratish, inklyuziv ta’lim uchun adabiyotlar uchun bazasini yaratish, zamonaviy elektron kutubxonalar va arxivlar yaratish yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari natijalari taqdim etildi.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari hamda soha mutaxassislari tomonidan innovatsion yechimlar va amaliy natijalar yuqori baholandi.
Barcha magistrantlar va bitiruvchi talabalarni muvaffaqiyatli himoyalar bilan tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!