Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida “Modellashtirishga asoslangan dasturiy injiniringi sohasida ilg'or usullar” workshop dasturi ish boshladi. Workshop “O’zbekiston –Germaniya 2016” dasturi davomi sifatida Germaniya federal ta’lim va fan Vazirligi hamda Innovatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi homiyligi ostida tashkil etilayotgan bo’lib, Workshopdan ko’zlangan maqsad – Germaniya va O’zbekiston o’rtasida ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Workshop dasturiga “Smart modeling” ya’ni “Aqlli modellashtirish” ilmiy loyihasi asosiy masala bo’lib kiritilgan.
Ushbu dastur TATU va Oldenburg universitetining dasturiy injiniring guruhi hamkorligi doirasidagi loyiha bo’lib, hamkor oliygohlar ortasida tajriba almashuvini nazarda tutadi. Workshop dasturida modellashtirish injiniringida ehtiyojga asoslangan rivojlanish texnikasi, usullari va ilmiy yangiliklari, aqlli modellashtirish texnikasi tadbiqi kirgan bo’lib, ularni kelajakda intensiv dasturlash tizimlariga yo’naltirish masalalari ko’riladigan bo’ldi. Workshop dasturining dastlabki kunlarida Germaniyaning Oldenburg universiteti olimlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining olim va professorlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining professorlari o’rtasida seminar bo’lib o’tdi.
Dasturning 4-kunida TATU Urganch filiali talabalari bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Uchrashuvda dastur loyihasi bo’yicha talabalarning qiziqishlari o’rganiladi.
TATU matbuot xizmati