To‘lov kontrakt mablag‘ining 75 foiz miqdorini to‘lashning so‘ngi muddati 10-may etib belgilandi.
To‘lov–kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomaning 2.2-bandiga asosan, belgilangan to‘lov miqdorining 75 foizini joriy yilning 1-aprel sanasiga qadar to‘lash majburiyati ta’lim oluvchi zimmasiga yuklatilgan. Ota-onalar va talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda kontrakt to‘lovining 75 foiz miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 10-may etib belgilandi.
Eslatma: Universitet, kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaslik, tuzilgan ikki tomonlama shartnomaning 5.4-bandiga muvofiq shartnomani bekor qilishga va mazkur shartnomaning 4.1-bandiga asosan, talabani o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega.