“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish rejasi bo‘yicha “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

✅ Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig‘i o‘rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

📶 Seminarda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan uyali aloqa kompaniyalarining xizmat ko‘rsatish sifatining nazorati, mobil aloqa operatorlarining onlayn kuzatuv holati va aloqa sifatiga tasir etuvchi omillar haqida aytib o‘tildi.